Yerga “Apollon” guruhiga kiruvchi ulkan asteroid yaqinlashmoqda

Astronomlar yaqin ikki kun ichida potensial xavfli 2020 WU5 asteroidi Yerdan sakkiz million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Astronomlar yaqin ikki kun ichida potensial xavfli 2020 WU5 asteroidi Yerdan sakkiz million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi. Uning orbita trayektoriyasi NASA reaktiv harakatlanish laboratoriyasining veb-saytida keltirilgan. RIA Novosti xabariga asosan.
Yaqin kunlarda ko‘p qavatli uy kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashadi
2020 WU5 asteroidi 2020-yil 29-noyabrda NEOWISE (Wide-Field Infrared Survey Explorer) kosmik teleskopi tomonidan olingan suratlarda topilgan va 4-dekabr kuni Xalqaro Astronomiya ittifoqi (IAU) elektron kichik sayyora doirasiga kiritilgan.
Fazoviy jismi "Apollonlar" guruhiga mansub bo‘lib, ularning orbitalari yerni tashqaridan kesib o‘tadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, uning diametri 0,5-1,1 kilometrni tashkil qiladi.
Asteriodning Yerga maksimal yaqinlashishi 13 dan 14-yanvarga o‘tar kechasi kutilmoqda. Hisoblangan ma’lumotlarga ko‘ra, uning yorqinligi 12,9 yulduzli kattalikni, burchak tezligi esa daqiqada 33,4 burchak soniyani tashkil qiladi.
Asteroid Yerdan yetarlicha uzoq masofada uchib o‘tishiga qaramay - turli xil taxminlarga ko‘ra, 8,1 dan 7,5 million kilometrgacha - potensial xavfli deb tasniflanadi.