O‘zbekistonda milliy kinematografiya oyligi start olmoqda

Joriy yilning 11-16 yanvar kunlari Yoshlar ijod saroyida "Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya" oyligi doirasida "O‘zbek milliy kino san’ati haftaligi" tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor "Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya" oyligi o‘tkaziladi.
Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi
Joriy yilning 11-16 yanvar kunlari Yoshlar ijod saroyida "Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya" oyligi doirasida "O‘zbek milliy kino san’ati haftaligi" tashkil etiladi.
Haftalik davomida yangi kinoloyihalar taqdimoti, yoshlar uchun mahorat darslari, davra suhbatlari, kasting va konferensiyalar hamda yangi filmlar premyeralari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, respublika bo‘ylab taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib, aholi bilan o‘zbek kino san’ati tarixi va bugungi kuni haqida muloqot uyushtiriladi. Bir qator tarixiy-badiiy filmlarning bepul namoyishi o‘tkaziladi.
Kino haftalik doirasida yosh kinoijodkorlar uchun Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkentda filialini ochish, Toshkent xalqaro kinofestivalini tashkil qilish masalalari muhokamalar markazida bo‘ladi.