Ekspert 2021-yil qaysi davlatlarda urush yuz berishi mumkinligi haqida: O‘zbekiston ro‘yxatda

Harbiy ekspert fikriga ko‘ra, 2021-yilda zo‘ravonlik to‘lqini faqat o‘sib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib bo‘lmayapti
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyalik ekspert "MK" nashriga bergan intervyusida 2021-yilda qurollangan mojaro boshlanishi ehtimoli bo‘lgan qator davlatlar nomlarini sanab o‘tgan. Sputnik Tojikiston xabari asosida.
O‘zbek armiyasi bir yilda qanchalik kuchaydi
Harbiy ekspert Aleksey Valyujevich fikricha, joriy yil turli qurollangan va diniy mojarolar, koronavirus tarqalishi bilan esda qolgan 2020-yildagi "yutuqlarni" ortda qoldirishi mumkin.
Mutaxassis fikricha, 2021-yilda zo‘ravonlik to‘lqini faqat o‘sib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib bo‘lmayapti.
Valyujevich eng "qaynoq" nuqtalarning biri sifatida Afg‘onistonni keltirib o‘tgan - 2021-yilda bu mamlakatdan AQSh va NATO koalitsiya qo‘shinlarining kattagina qismi olib chiqib ketilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va Tojikistondan yuzlab terrorchi “Tolibon”* safiga qo‘shildi – afg‘on OAV
Ekspert fikricha, amerika harbiy kontingentining qisqartirilishi RF va boshqa mamlakatlarda ta’qiqlangan "Tolibon" radikal harakati ta’siri o‘sishiga olib kelishi muqarrar. "Afg‘on mojarosining yangi abadiy kalavasini ko‘rish mumkin bunda", deya ta’kidlagan u.
Bu holat, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xavflidir. Urush bevosita O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston chegaralariga yaqinlashmoqda.
Ekspert, shuningdek, Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi Afg‘oniston bilan chegara yaqinida joylashganini eslatib o‘tdi.
Afg‘onistondagi amerika bazasiga to‘rtta raketa bilan zarba berildi - OAV
Tojikiston va Afg‘onistonning umumiy chegara uzunligi 1300 kmni tashkil etadi. So‘nggi vaqtlarda Tojikiston va Afg‘oniston chegara qismlariga yaqin hududlarda har hafta teraktlar, harbiy xizmatchilarning jangarilar, xususan, "Tolibon" vakillari bilan to‘qnashuvlari ro‘y bermoqda, deya eslatgan nashr.
Shu bilan birga, ekspert, ziddiy uchburchakka kiruvchi davlatlar sifatida Hindiston-Xitoy-Pokistonni sanab o‘tgan.
Ushbu uch davlat da’vogarlik qilayotgan Himolay shimoliy hududlari uchun olib borilayotgan eski mojaro jiddiy to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Pokiston va hindiston o‘rtasida Hindistondagi Kashmir va Jammu shtatlari, Pokistondagi Xayber-Paxtunxva hududi uchun jiddiy to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Sababi, bu hududlar Indostan yarimoroliga olib boruvchi asosiy o‘tish yo‘lagi sanaladi.