TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Italiya OAVning xabar berishicha, shu yilning kuzida “Jenoa” klubiga o‘tgan 25 yoshli o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov "Yuventus" klubiga o‘tib, Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p surishi mumkin.
Manba bergan malumotlarga ko‘ra, Turin klubi budjetda mablag‘ yo‘qligi sababli o‘zbekistonlik futbolchini to‘liq sotib olish masalasini ko‘rib chiqmayapti, uni ijaraga olishi mumkin.
Shomurodov oktabr oyida Rossiyaning "Rostov" klubidan "Jenoa" klubiga o‘tgandi. U yangi jamoada 11ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urdi va 2ta golli uzatma amalga oshirdi.