TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Amerika realiti-shoulari yulduzi Kim Kardashyan 6-yillik turmushdan so‘ng reper Kanye Uest bilan ajrashmoqda, deb xabar qildi Page Six nashri.
Ta’kidlanishicha, Kim ajrashishlar bo‘yicha mashhur advokat Laura Uesserni yollagan. Juftlik rojdestvo bayramlarini alohida nishonlashgan.
Kardashyan va Uestning Kalabasasdagi 60 million dollarli hashamatli uyi mol-mulk ajrashish jarayonida asosiy masalasiga aylanadi: Kim uy unga va farzandlariga qolishini istamoqda.
Kim Kardashyan va Kanye Uest 2014-yilda turmush qurishgan. Juftlikning to‘rt nafar farzandi bor. Kanye Uest Kardashyanning uchinchi turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.