TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Jahon banki ekspertlari 2021-yilda O‘zbekiston iqtisodi 4,3% ga o‘sishini prongnoz qildi. Biro oldin okttabr oyida JB O‘zbekiston YaIMi 4,8% ga o‘sishi kutilayotganini ma’lum qilgan edi.
Xalqaro moliya tashkiloti ekspertlari xulosasiga ko‘ra 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodi o‘sish sur’ati yanada tezlashib 4,5 %ni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, 2020 yilda koronavirus pandemiyasi oqibatida dunyoning aksariyat davlatlari YaIMi -2 - 6 foizga kamayishi kuzatildi. MDH hududida ham ushbu tendensiya saqlanib qoldi. O‘zbekiston va Tojikiston MDH hududida iqtisod o‘sish sur’ati musbat darajada saqlanib qolgan davlatlar bo‘ldi. 2020-yilda O‘zbekiston YaIMi o‘sishi miqdor 0,6 %ni tashkil qildi.