Blekaut: Markaziy Osiyo yagona energetik tizimida avariya yuz berdi

Ayni paytda Talimarjon IESda qurilmalarni ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda, qolgan elektr stansiyalarda ish rejimi qayta tiklangan.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv - Sputnik. Markaziy Osiyo va Qozog‘istonni bog‘lovchi yagona energetik tizimining elektr uzatish tarmoqlarida rejadan tashqari sodir bo‘lgan uzilishlar sababli avariyaga qarshi avtomatika ishlagan, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot-xizmati.
Markaziy Osiyo yagona energiya halqasi qachon ishga tushiriladi - Xodjayev javobi
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, energetik qurilmalarga shikast yetmaslik uchun uskunaning texnologik himoyasi avtomatik ravishda ishlagan va ayrim elektr stansiyalardagi energobloklar o‘chirilgan.
Xususan:
To‘raqo‘rg‘on IESda quvvati 750 MVt dan 500 MVt gacha,
Taxiatosh IESda 280 MVt dan 150 MVt gacha,
Navoiy IESda 450 MVt dan 230 MVt gacha,
Toshkent IESda 370 MVt dan 180 MVt gacha quvvat kamaygan.
Markaziy Osiyo davlatlari yagona elektr energiya bozorini yaratishadi
Shuningdek, Talimarjon IESning umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan ikkita BGQlari o‘chirildi.
Ayni paytda Talimarjon IESda qurilmalarni ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda, qolgan elektr stansiyalarda ish rejimi qayta tiklangan.
Mazkur o‘chish holatining sabablari o‘rganilmoqda.
"Yaqin soatlarda elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz", - deyiladi energetika vazirligi matbuot xizmati bayonotida.