Sankt-Peterburdagi "Raketa" soat zavodi mutaxassislari Notr-Dam-de-Pari cherkovi soatini qayta tiklanish ishlarida ishtirok etmoqdalar.
Zavod muhandis-konstruktori Vitaliy Komarov amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ish hajmini "muhim", deya ataydi. Uning taxminiga ko‘ra, mexanizmni qayta tiklash uchun taxminan 2 mingga yaqin detallar kerak bo‘ladi. Zavodda signal moslama ishlab chiqilgan bo‘lib, u bino ichida turgani holda, cherkov fasadidagi vaqtni aks ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 15-aprelida Parijdagi Notr-Dam-de-Pari ibodatxonasida 15 soatdan ortiq davom etgan yong‘in yuz bergan edi. Hodisa natijasida bino shpili va tomining bir qismi o‘pirilib tushgan, shuningdek, ichki bezaklarga zarar yetgan.