TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Xinhua agentligi va XXR Markaziy televideniyesiga bergan intervyusida o‘tkazilayotgan tadqiqotlarning aksariyati, koronavirus pandemiyasi butun dunyo bo‘yicha alohida o‘choqlarda yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda, deya ma’lum qildi.
"Xitoyni noma’lum virus zabt etganida, u epidemiologik surishtiruv uchun tezkor choralarni qabul qildi, patogenni aniqlash va muhim ma’lumotlarni chop etish, shu jumladan virus ketma-ketligini aniqlash ishlarini olib bordi", - deb aytgan diplomat. Van I so‘zlaridan RIA Novosti XAA iqtibos keltirmoqda.
Bundan tashqari, Xitoy COVID-19 kasalligi haqida ma’lum qilgan birinchi davlat bo‘ldi, deya eslatib o‘tdi XXR TIV rahbari.
"Biz dezinformatsiyaga qarshi kurash, ushbu holatni siyosiylashtirish va stigmatizatsiyaga qarshi kurashda old qatorlarda turdik. , atsiyey, popitkam politizatsii i stigmatizatsii. Biz pandemiyaga qarshi kurashdagi obyektiv bayon va kollektiv xotira yolg‘on bilan buzilmasligini ta’minlash uchun qat’iy edik", - dedi u.
2019 yilning 31-dekabrida Xitoy hukumati BSSTga Xubey viloyatining Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani to‘g‘risida xabar berdi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi COVID-19 deya nom berilgan yangi turdagi koronavirus edi. 11-mart kuni BSST koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik dunyo bo‘yicha 82 millionga yaqin kishiga yuqqan. Djons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, virusni yuqtirganlar soni dunyoda 84 millionga yetgan. Infeksiyalanganlar soni bo‘yicha AQSh, Hindiston va Braziliya yetakchi o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘rinlarda Rossiya, Fransiya, Britaniya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Kolumbiya kelmoqda.