TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. 2021-yilda smartfon ishlab chiqaruvchilarning ishi protsessorlar tezkorligi, akkumulyatorlar ishining uzaytirilishi, ekranlar faoliyatining yaxshilash, shuningdek, telefonni turli funksiyalar bilan ta’minlashga qaratiladi. Bu haqda "Praym" agentligiga bergan intervyusida Telecom daily axborot-tahlil agentligi direktori Denis Kuskov ma’lum qilgan.
"Fikrimizcha, 2021-yilda bozorning eng yirik o‘yinchilari simsiz zaradnoy uskunalarni chiqarishi ehtimolga yaqin - kompaniyalar hozirdanoq kabellardan voz kechib, turli stansiyalar va boshqacha varinatlarda zarad qilishga harakat qilishmoqda", - dedi ekspert.
Shuningdek, ishlab chiqaruvchilarning aksariyati ramkasiz mobil telefonlarni sotuvga chiqaradi. Ramkadan voz kechish ekranni kattartirish va malumotni to‘liqroq ko‘rish imkoniyatini beradi.
Mobil ilovalar va funksiyalarga keladigan bo‘lsak, smartfon nafaqat fotokamera yoki to‘lov vositasi, interentga chiqish uchun ovozli to‘plam, balki qaysidir ma’noda tibbiy ma’lumot olish uchun manbaga aylanmoqda, deb xulosa qildi ekspert.