O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 98%ga yetdi

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1503 nafar bemordan 161 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 77 060 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Otabekov koronavirus pandemiyasini yengish shartini aytdi

Yangi kasallanish holatlari O‘zbekistonning yetti hududida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 74943 (+154) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 %ni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1503 nafar bemordan 161 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

31 dekabr holatiga ko‘ra, jahonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 83 milliondan ortgan.

Rossiya Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning aytishicha, ayni vaqtga qadar koronavirus bilan takroran kasallangan bemorlar soni 50 dan oshmaydi.

Inson immun tizimida sezilarli o‘zgarish yuz bersa, u takroran koronavirusga chalinishi mumkin.