TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet elliklar zarur testlardan o‘tganlaridan so‘ng adolatsiz tarzda ularga "avtomat" qo‘yadigan tashkilotlar va imtihon oluvchilarga nisbatan jarimani nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Hujjat huquqiy-axborot rasmiy internet-portalida e’lon qilingan.
Eng katta jarima - materialni bilmaydigan migrantga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida sertifikat topshiradiganlarga belgilangan.
"Ekzamen oluvchiga bu uchun 30 mingdan 50 ming rublgacha jarima solinishi mumkin, yuridik shaxslar esa 300 mingdan 500 minggacha jarima to‘laydi", - deb qayd etilgan hujjatda.
Bundan tashqari, endilikda, tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, imtihonni o‘tkazish shakli, sertifikattni topshirish tartibi, imtihon uchun fiktiv narx o‘rnatganlik va natijalarni saqlash tartibini buzganlik uchun ham jarima to‘lattiriladi.
Imtihon natijalarini federal reyestrga noto‘g‘ri kiritganlik uchun ham amaldorlar uchun 15 ming rubldan boshlanadigan, yuridik shaxslar uchun esa 150 ming rublgacha jarimalar ko‘zda tutilgan.
Bu singari ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish va ish qo‘zg‘atish bo‘yicha vakolatlar Rosobrnadzorga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha kompleks imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik bo‘yicha sertifikat migrantlarga ishga joylashish, vid na jitelstvo va vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjatlarni olish uchun zarur.
Chet elliklar imtihonlarni ta’lim tashkilotlarida va Rossiya oliygohlarida topshiradilar.