Qor Bobo va siyosat – Yangi yil timsolini qoralash kimga kerak?

Qor boboda ayb yo‘q, asl maqsad – tarixiy va ruhiy yaqin bo‘lgan millatlarni bir-biridan ajratib yuborishdir.
Sputnik

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Ukrainada bir necha yildan  bunyon Yangi yil arafasida Qor Bobo timsoliga ma’naviy hujumlar uyushtirish an’anaga aylanib qolgan.

"Qor bobo" Kremlga Yangi yil archasini olib keldi

Bu “g‘alati” an’ana 2012-yilda oshkor va ommaviy tus oldi edi desak xato bo‘lmaydi. O‘shanda ukrainalik millatchilar Qor bobo va Qor qiz qo‘g‘irchoqlarini Kiyev markazidagi ko‘prikka osib qo‘yib “Ular bizga Avliyo Nikolayni almashtirmoqchi bo‘lishgan” deb yozib qo‘yishgan edi.

Kiyevda 2014-yilda bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarilishidan so‘ng esa sovet an’analariga qarshi kurash yangi kuch bilan boshlandi. Har yil Yangi yil arafasida bayramni Qor bobosiz “ukraincha” kutib olishga da’vatlar tez-tez eshitla boshladi. Hatto rasmiy muassasalar ham bolalar bayramlarida Qor bobo timsolidan voz kechishni “maslahat” bera boshladi.

Vazat shu darajada absurd holatga yetdiki, Kiyev markazidagi bosh archa yulduz o‘rniga alvasti qalpog‘i bilan bezatildi va bir zumda aholining qattiq tanqidiga uchradi.

- Qanday zamonda yashayapmiz o‘zi - ayiq bilan bezash mumkin emas – u ruslarniki, Qor bobo bilan bezash mumkin emas – u sovetlarniki. U ham bu ham mumkin emas – ijod uchun hech narsa qolmadi” – deb arz qilgan edi ushbu tadbir uchun javobgar bo‘lgan Igor Dobruskiy.

Ukrainalik millatchilar ijtimoiy tarmoqlarda Yangi yil timsollarini qoralash uchun odatda sobiq Ittifoqni ayblashda qo‘llaniladigan iboralarnning barchasidan foydalanishdi. Bechora Qor boboni “qonli imperiya timsoli”, “rus-kommunistlar izi”, “eski tizim sarqiti”, “propagandist va agitator” va boshqa nomlar bilan atashdan toyishmadi.

MDHning qaysi shaharlari archa bezatishdan voz kechishdi – video

Bundan tashqari ham Sovet Ittifoqi paytida paydo bo‘lgan umumiy Yangi yil an’analariga hujum turli tomondan. Turlicha uslublar bilan doimiy ravishda amalga oshirilib kelmoqda. Masalan, ukrainalik kulinar Yevgeniy Klopotenko o‘z ko‘rsatuvlaridan birida shunday degan edi - Men Yangi yilda olivye tayyorlamayman, chunki o‘z tarelkamda Sovet Ittifoqini ko‘rishni istamayman. Bu xuddi turmadan chiqqandan keyin ham qamoqxona ovqatini yeyishga barobar", - degan edi.

Ha, Yangi yilda millionlab kishilar yaxshi ko‘rgan salatni qamoqxona ovqatiga tenglashtirish uchun o‘ziga xos “qobiliyat” kerak. Lekin ukrainadagi “ma’naviyatchilar” buning uddasidan chiqishdi. Asl maqsad – bir-biriga tarixan va ruhan yaqin bo‘lgan ukrain millati tarixi va kelajagini rus xalqidan butunlay ajratib olishdir.

Ushbu siyosat G‘arb tomonidan Ukrainada uzoq yillardan buyon olib borilmoqda. Kurashning ideoloik ruhlantiruvchisi esa - AQSh davlat budjetidan moliyalashtirilayotgan “Ozodlik” radiosidir.

Yangi yilda bolajonlar prezidentdan qanday sovg‘alar oladi

Bularning hammasi Amerikada 1960-yillarda boshlangan.  O‘shanda Sovet Ittifoqi va rus xalqiga tegishli hamma narsani yomon ko‘radigan senator  Djozef Makkarti amerikalik bolalarni Qor Bobo bilan qo‘rqitish an’anasini boshlagan edi. Endi bo‘lsa bu ishni zamonaviy axborot maydonlarida AQSh tomonidan moliyalashtirilayotgan boshqa tashkilotlar davom ettirmoqda.

Aytish  joizki, xalq orasida bunday qarashlar o‘z aksini topayotgani  yo‘q. Ukrainada, ayniqsa sharqiy hududlarda, o‘tkazilgan so‘rovda aholi ko‘proq Avliyo Nikolay yoki Santa Klausdan ko‘ra - Qor Bobodan sovg‘a olishni xush ko‘rishi ma’lum bo‘lgan.

Lekin 2020-yilda ushbu so‘rovni o‘tkazayotgan kishilar ayyorlik  qilishdi, ular “Siz kimdan sovg‘a olishni xush ko‘rasiz degan” so‘rovga “Sevimli kishimdan” degan yangi punkt kiritishdi. Natijada Qor Bobodan sovg‘a olishni xush ko‘radiganlar soni kamaydi.

Yangi yil aslida kimning bayrami?

Sovet Ittifoqi timsollaridan jon jahdi bilan voz kechayotgan Ukraina bir nasani unutib qo‘ygan ko‘rinadi. Aslida Yangi yilni bezatilgan archa, Qor bobo va Qor qiz bilan kutib olish an’anasi - aynan sovet Ukrainasida paydo bo‘lgan edi. Xususan, ana shunday bayram ilk bor Xarkov viloyatida uyushtirilgan va keyinchalik butun Ittifoqqa tarqalgan...

1935 yilda Ukraina SSR birinchi kotibi Pavel Postishev “Pravda” gazetasi orqali bolalar uchun Yangi yil bayramida uchun archa bayrami tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan edi. Ma’lum bo‘lishicha, bolalikdan bayramlarni yaxshi ko‘ruvchi Postishev buning uchun hatto Stalindan ruxsatnoma olgan.