Toshkentda YPX xodimlari yangi formada xizmat olib bormoqda

29 dekabrdan Toshkentda YPX xodimlari sinov tariqasida yangi namunadagi zamonaviy, texnologik matodan tayyorlangan xizmat kiyimida faoliyat olib bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 29-dekabrdan Toshkentda YPX xodimlari sinov tariqasida yangi namunadagi zamonaviy, texnologik matodan tayyorlangan xizmat kiyimida faoliyat olib boradi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Sayyohlik politsiyasi xodimlarining yangi formasi sinovdan o‘tkazilmoqda - foto

Xizmat kiyimi yilning sovuq mavsumiga mo‘ljallangan bo‘lib, yog‘ingarchilikdan himoya qiluvchi materialdan tikilgan. Yorqin rang va yorug‘lik qaytaruvchi elementlari inspektorlarni kunning istalgan vaqtida ko‘zga yaxshi tashlanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, YPX xodimlari fonar va hushtakka ega yangi jezllar bilan ta’minlangan. Sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, yangi xizmat kiyimi bilan O‘zbekistondagi barcha YPX xodimlari ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 12-fevraldan boshlab Toshkent shahrida IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX xodimlarining yangi formasi tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilayotgani xabar qilingan edi.