Soxta koronavirus testini sotishni biznesga aylantirgan guruh fosh etildi

“Toshkent — Moskva” yo‘nalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning PZR-test ma’lumotnomalari soxta ekani aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. DXX hamda IIV xodimlari COVID-19 testini soxtalashtirayotgan guruhni fosh etdi.

Sog‘liq saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, firibgarlar koronavirusni aniqlashda PZR-test ma’lumotnomalarini soxtalashtirib, “Toshkent” xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga sotish bilan shug‘ullangan.

Harbiy tavsiyanomalardan 300tasi soxta chiqdi

Xususan, “Toshkent — Moskva” yo‘nalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilganida ularning PZR-test ma’lumotnomalari soxta ekani aniqlandi.

Tezkor harakatlar davomida mazkur shaxslar COVID-19 ni aniqlash bo‘yicha test topshirmasdan, ushbu soxta ma’lumotnomalarni Buxoro viloyatida tug‘ilgan Q. E. va Xorazm viloyatida tug‘ilgan M. M.lardan sotib olganliklari ma’lum bo‘lgan.

Ularga soxta ma’lumotnomalarni Toshkent shahrida yashovchi M. N. va K. A.lar tayyorlab, yetkazib turishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.