Rossiyada chet ellik talabalarga diplomni masofadan turib himoya qilishga ruxsat beriladi

Rossiya ta’lim va ilm-fan vaziri Rossiya OTMlarining xorijlik talabalari diplomni masofadan turib himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Mamlakat hududiga kira olmaydigan Rossiya OTMlarining xorijlik talabalari diplomni masofadan turib himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Rossiya ta’lim va ilm-fan vaziri Valeriy Falkov ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliygohlaridagi kvotalar ko‘paytiriladi

“Bizning aksariyat oxir bosqich talabarimiz emas, balki birinchi bosqich talabalarimiz jabr ko‘rdi. O‘ylaymanki, ba’zi joylarda buning imkoni bor, shu bilan birga, men bu ommaviy bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Vaziyatga qarab ish tutamiz”,  - dedi Falkov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan

U oliygohlar chet ellik talabalarning vaziyatini tushunishlari kerakligini qo‘shimcha qildi. Joriy o‘quv yilida pandemiya sabab ko‘p narsalardan ortda qolganlar individual rejasini tuzishi darkor.

Shuningdek, juda ko‘p narsalarni qoldirganlar va sessiyani topshira olmaydiganlarga akademik ta’til berilishi zarar, deb ta’kidladi Falkov.