Ikramova Yaponiyada ishlashni xohlovchi o‘zbekistonliklarga o‘z tavsiyalarini berdi

Toshkentda yangi tashkil etilgan "Yapon tili va kasbiy malaka testiga tayyorlov markazi"ning rahbari Dilafruz Ikramova Yaponiyada ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekistonliklarga ishni avvalo til o‘rganishdan boshlashni tavsiya etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Bugun, 28-dekabr kuni, Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan "Ishga marhamat" monomarkazida "Yapon tili va kasbiy malaka" test markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Yaponiya o‘z chegaralarini yopmoqda

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi doirasida imzolangan "Maxsus malakali ishchilar" maqomiga ega bo‘lgan xorijiy mehnat resurslarini ishga qabul qilish tizimini amalga oshirish to‘g‘risidagi o‘zaro hamkorlik Memorandumiga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolarini "Maxsus malakali ishchilar" maqomida Yaponiyada ishlash uchun yuborish tizimini joriy etish uchun Toshkent shahrida yapon tili va malaka imtihonlarini o‘tkazuvchi test markazini ochish masalalari muhokama qilingan edi.

Markaz tashkilotchilariga o‘zbek fuqarolariga Yaponiyaning tegishli qonun talablariga moslashtirilgan ta’lim va ko‘nikmalarni berish bilan bir qatorda, Yaponiyaga xavfsiz, tartibli va tashkillashtirilgan holda jo‘natish mexanizmini yaratish vazifalari yuklatilgan.

 

 

Markaz rahbari Dilafruz Ikromovaning ta’kidlashicha, chet ellik fuqarolar uchun Yaponiyada muvaffaqiyatli ta’lim olish va shu bilan birga u yerda ishlash uchun yapon tili juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mehnat migratsiyasi: O‘zbekistonni Yaponiya va Janubiy Koreya kelajagi kutaptimi?

"Yaponlar o‘zining madaniyati, qadr-qimmati, g‘ururi, tili va madaniyatini qadrlaydigan xalq. U yerda ko‘pchilik yapon tilida gaplashishadi shu bois, Yaponiyaga boradigan fuqaro yapon tilini bilishi davlat tomonidan talab darajasiga qo‘yilgan", - deya tushuntiradi Ikramova.

Shu bois ham biz Yaponiyada borib ishlashni, ulardan texnologiyalarni o‘rganishni va u yerda malaka oshirishni istar ekan, O‘zbekiston fuqarolari u mamlakatning tili, madaniyati va u yerdagi qonun-qoidalardan boxabar bo‘lishlari birlamchi vazifaga kiradi.

Ikramovaning aytishicha, yapon tilini o‘rganish O‘zbekiston fuqarolariga oson kechadi. Chunki markazni ta’lim dasturi an’anaviy ta’lim dasturlariga qaraganda ancha farq qiladi. Unda zamonaviy ta’lim metodika tizimi joriy qilingan.

Yaponiya O‘zbekistonga 4,5 mln dollarlik tibbiy asbob-uskuna yetkazib beradi

"Markazning ta’lim dasturi, asosan, Yaponiyaning Nippon Akademiyasi institutining chet ellik talabalarni yapon tili va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, Yaponiya Adliya vazirligi va tegishli ta’lim sifatini belgilovchi tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan MUDIE innovatsion multimediali zamonaviy metodikasi asosida o‘qitiladi. Bu tizimni an’anaviy ta’lim dasturlaridan farqi shundaki, o‘quvchini qanday yoshdan bo‘lishidan qat’iy nazar, chet tilini mukammal o‘rganish uchun ichki motivatsiyasini kuchaytiradi. Va darslarni o‘zlashtirish sifatini oshiradi, bilimini takomillashtiradi, til o‘rganuvchini ortiqcha dars qilmasdan uning miyasiga quyib qo‘yish mexanizmi mavjud", - dedi u.

Bugungi kunda Nippon Akademiyasi institutining 5 nafar yetakchi pedagoglari 50 nafar fuqarolarga onlayn (pandemiya sharoitida) muloqot tarzida yapon tilida H4 darajasidagi malaka, qariyalar boquvchisi va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha kasbiy malaka kurslari yo‘nalishlarida ta’lim berib kelmoqdalar.

Kelajakda kasbiy malaka kurslari turini yana 12taga ko‘paytirish, shuningdek, Markazi filiallarini O‘zbekistonning barcha "Ishga marhamat" monomarkazlari qoshida tashkil etish rejalashtirilgan.