Yana bir prezident koronavirus bilan kasallandi

Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniyada koronavirus aniqlandi. U o‘zini o‘zi yakkalagan va vazifasini masofadan turib bajaradi.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Makron koronavirusga chalindi

“Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniyada koronavirus aniqlandi. Kasallik yengil shaklda o‘tmoqda. Aslan Bjaniya o‘zini yaxshi his qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Bjaniya o‘zini o‘zi yakkalagan va vazifasini masofadan turib bajaradi.

“Prezident Abxaziyada, Suxumdagi o‘zining rasmiy qarorgohida”, - deya aniqlik kiritgan xabarda.

Abxaziyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 8459 nafarga yetgan. Shulardan 6726 nafari tuzalib ketgan. 108 ta o‘lim holati qayd etilgan.