Yana bir o‘lim: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat

O‘zbekistonda so‘nggi ikki hafta ichida yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. Hozirda koronavirusdan kasallanganlarning 98 foizi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. 2020-yil 26-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 76 751 (+85) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

O‘zbekistonda Yangi yil arafasida qat’iy karantin joriy etiladimi?

Yangi kasallanganlarning 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 61 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek,  1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, qurbonlar soni 613 nafarga etdi. Qayd etish joizki, mamlakatda koronavirusning so‘nggi qurboni 11-dekabr kuni qayd etilgan edi.

Toshkentda koronavirusga qarshi kurashganlarga davlat mukofotlari topshirildi

Mamlakatdan kasalllikdan sog‘ayganlarning jami 74291 (+198) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1847 nafar bemordan 168 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.