Prezident 2021-yil uchun Davlat budjetini tasdiqladi

2021 yil uchun O‘zbekiston Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Qonunda asosiy ko‘rsatkichlar belgilangan.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Qonunda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar belgilanmoqda:

  • 2021 yilda respublika yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 5,1 foizni tashkil qilgan holda 688,9 trln. so‘mga yetishi prognoz qilinmoqda;
  • Koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir paytda fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlashni davom ettirish, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida, 2021-yil uchun Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari balansi kutilayotalayotgan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,5 foiz miqdorida taqchillik bilan shakllantirilgan;
  • Bunda, Davlat budjeti daromadlari 147,2 trln. so‘m, xarajatlari esa Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 165,8 trln. so‘m miqdorida;

Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 26,2 trln. so‘m miqdorida, xarajatlari esa 40,7 trln. so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda. Davlat maqsadli jamg‘armalarining taqchilligi Davlat budjetidan transfertlar ajratish orqali qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Davlat budjeti 2021: qaysi sohalar ijtimoiy xarajatlari oshirildi

Xususan, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi daromadlari 23,5 trln. so‘m, xarajatlari 36,5 trln. so‘mni tashkil etgan holda Davlat budjetidan 14,7 trln. so‘m miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tushumlari 5,3 trln. so‘mni xarajatlari esa 13,4 trln. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Ushbu jamg‘armaning taqchilligi jamg‘armaning yil boshiga qoldiq mablag‘lari hisobidan qoplanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2021-yildan boshlab Davlat budjetining qamrovini oshirish hamda to‘liqligini ta’minlash maqsadida, Tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan 12,1 trln. so‘m miqdoridagi xarajatlar O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritilgan.

2021 yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining yuqori chegarasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foiz miqdorida belgilanmoqda.

Ushbu qonun 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonunning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.