Moskvada 60 yoshdan oshganlarni COVID-19ga qarshi emlash boshlanmoqda

Kuni kecha Rossiya SSV 60 yoshdan oshgan kishilarni emlash uchun “Sputnik V” vaksinasini qo‘llashni ma’qullagan edi. Uning samaradorligi 90 foizni tashkil etgan.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Moskvaning 60 yoshdan yuqori aholisi 28-dekabrdan koronavirusga qarshi emlanish uchun navbatga yozilishlari mumkin. Bu haqda shahar meri Sergey Sobanin ma’lum qildi.

"Sputnik V" vaksinasi haqida barcha savollarga javoblar

“Rossiya SSV keksalarning “Sputnik V” vaksinasi bilan COVID-19ga qarshi emlanish imkoniyatini ma’qulladi. Bu ajoyib. Chunki keksalar kasallikni o‘ta og‘ir bosh kechiruvchi eng katta xavf guruhidir”, - deya yozdi Sobanin o‘z blogida.

Kuni kecha Rossiya SSV 60 yoshdan oshgan kishilarni emlash uchun “Sputnik V” vaksinasini qo‘llashni ma’qullagan edi. Ekspertiza uning xavfsiz va samarador ekanini tasdiqlagan. Uning samaradorligi 90 foizni tashkil etgan.