Bozorlardagi 45 ming so‘mlik muzlatilgan go‘sht sifatiga oid shubhalarga munosabat bildirildi

O‘zbekiston bozorlarida kilosi 40-45 ming so‘mdan sotilayotgan muzlatilgan import go‘shtning sifati borasidagi shubhalarga munosabat bildirildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda kilosi 40-45 ming so‘mdan sotilayotgan muzlatilgan import go‘shtning sifati borasidagi shubhalarga munosabat bildirildi.

Go‘sht qimmatlashishi sabablari sanab o‘tildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ayni paytda O‘zbekiston bozorlarida 1 kilogrammi 40-45 ming so‘mdan sotilayotgan (xorijdan import qilingan muzlatilgan) go‘shtning sifati va qaysi hayvonga mansubligi, iste’molga shubhali ekanligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘la boshlagan edi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga import qilingan va qilinayotgan go‘sht mahsulotlari kelib chiqishi to‘g‘risidagi xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlar va veterinariya sertifikatlariga ko‘ra, veterinariya nazorati ostida kiritilgan va kiritib kelinmoqda.

“Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ham chegara nazorat veterinariya punktlari orqali olib o‘tilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari veterinariya-sanitariya norma va talablariga muvofiq olib kirilishi qat’iy nazoratga olingan”, - deyilgan qo‘mita xabarida.

Savdo rastalariga import qilingan go‘shtning 1 kilogrammi 40-45 ming so‘m qilib belgilanishi talab va taklifga ko‘ra, bozor munosabatlari doirasida shakllantirilgan.

Qo‘mita import qilingan yoki mahalliy yetishtirilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarining oldi-sotdisida narxni belgilash vakolatiga ega emasligini eslatgan.

"Rosselxoznadzor" O‘zbekistondan tayyor go‘sht mahsulotlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning shu paytiga qadar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning import bo‘yicha veterinariya talablari asosida tadbirkorlar tomonidan chetdan jami 30082,4 tonna go‘sht import qilingan.

Shundan, Qozog‘istondan muzlatilmagan 287,4 tonna mayda mol va 5712 tonna qoramol hamda 46,4 tonna muzlatilgan yirik shoxli mol go‘shti, Ukrainadan 2251,6 tonna muzlatilgan yirik shoxli mol go‘shti, Belarusdan muzlatilmagan 7124 tonna va muzlatilgan 14661,4 tonna qoramol go‘shti olib kelingan.