Toshkentda amakisining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, 21-noyabr kuni jiyani janjal vaqtida uning pasportini gaz plitasida yoqib yuborgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek - Sputnik. Qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Pasport o‘rniga ID-karta

Olmazor tumnai ichki ishlar organlariga 45 yoshli Ravshanbek T. murojaat qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 21-noyabr kuni jiyani 28 yoshli Sanjar T. janjal oqibatida uning pasportini gaz plitasida yoqib yuborgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227 moddasi (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.