Mirziyoyev yoshlarga: "Sizlarni O‘zbekistonning bebaho xazinasi sifatida qadrlayman!"

Davlat rahbari erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tajriba asosida, hududlarda Yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etilishini e’lon qildi. Bu sanoat zonalarida o‘sib kelayotgan avlod vakillarining biznes loyihalari joylashtiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, mamlakatda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu anjuman bilan barchani tabrikladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

Fikrlaringizni qo‘rqmasdan menga ayting - prezident Qarshida yoshlar bilan uchrashdi

"Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman", – dedi Mirziyoyev o‘z nutqi avvalida. 

Mirziyoyev O‘zbekistonda qanday islohotlarga qo‘l urilmasin, Hukumat avvalo, yoshlarga, ularning kuch-g‘ayrati, azmu shijoatiga suyanishini ta’kidladi.

"Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qo‘shadilar", - dedi davlat rahbari.

Mirziyoyev yoshlarga: "Sizlarni O‘zbekistonning bebaho xazinasi sifatida qadrlayman!"

Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi davrida yoshlar xalq dardiga darmon bo‘lgani, "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatida ko‘ngilli sifatida qatnashib, qiynalgan oilalarga amaliy yordam berganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi

Shuningdek, prezident buyon viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlar va mas’ul rahbarlar yoshlar bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda yo‘lga qo‘yishini aytib o‘tdi.

 

Davlat rahbari erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tajriba asosida, hududlarda Yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etilishini e’lon qildi. Bu sanoat zonalarida o‘sib kelayotgan avlod vakillarining biznes loyihalari joylashtiriladi.

"Bugun o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan yoshlarimiz juda ko‘p. Lekin, hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan, adashgan, ko‘makka muhtojlari ham yo‘q emas. Shuning uchun yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiladigan "Yoshlar murojaati" elektron platformasini yaratish vazifasi topshiriladi", – dedi davlat rahbari.

Andijonda ishsiz yoshlarning 74,7%i ish joyiga ega bo‘ldi

Navqiron avlod vakillarida biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Yaqinda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar aksariyat yoshlarda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka yetishmasligini ko‘rsatdi. Demak, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish lozim, dedi Mirziyoyev.

Shuni inobatga olib, kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali maxsus sertifikat olgan yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratish yuzasidan zarur choralar ko‘riladi. Bu kreditlar 7-yil muddatga 3-yil imtiyozli davr bilan beriladi.

Mirziyoyev yoshlarga: "Sizlarni O‘zbekistonning bebaho xazinasi sifatida qadrlayman!"

Ushbu maqsadlar uchun 2021-yilda 45 million dollar ajratilishi, shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida har bir viloyatga 100 milliard so‘mdan kredit mablag‘lari yo‘naltirilishi qayd etildi.

– Bugun o‘g‘il-qizlarimizni qiynayotgan jiddiy muammolardan biri – o‘qishni tamomlagan yoshlar bandligi, – deya so‘zida davom etdi prezident. – Ko‘plab maktab va kollej bitiruvchilari, ba’zan oliy ma’lumotli yigit-qizlar ham, ish topishda qiyinchilikka uchramoqdalar.

Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi

Ma’lumki, hozirgi vaqtda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 7-11-sinf o‘quvchilariga ta’lim berish bilan birga ularni eng kamida bitta kasbga o‘rgatish amaliyoti joriy etilgan. O‘quvchi 11-sinfga o‘tdimi, u tuman yoki shahar hokimligining bevosita e’tiborida bo‘lishi belgilangan.

– Tashkilotlar yosh mutaxassisni ishga olishdan manfaatdor bo‘lishi kerak. Shu sababli, hukumatga yosh kadrlar uchun belgilangan sinov muddati davrida ish beruvchilarga imtiyozlar taqdim etish masalasini ko‘rib chiqish vazifasi topshiriladi, – dedi prezident.  

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash va yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash ham ustuvor vazifalardan biri.

O‘tgan uch yil mobaynida mamlakatimiz bo‘yicha 5 ming 100 tadan ortiq namunali yosh oilaga arzon uy-joylar qurilib, qariyb 200 milliard so‘m miqdorida boshlang‘ich badal pullari to‘lab berildi. Buning mantiqiy davomi sifatida 2021-2023 yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish vazifasi belgilandi.

Toshkentda oilaviy ajrimlar soni sezilarli darajada oshdi

"Xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni asrab-avaylab keladi. Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat barqaror bo‘ladi. Bir narsani unutmasligimiz lozim: xonadonlarimizdagi tinchlik-totuvlik, avvalo, oiladagi sog‘lom muhitga, mustaqil hayot ostonasida turgan qizlarimizni oilaviy turmushga tayyorlash bilan bevosita bog‘liq", – dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida yosh oilalar o‘rtasida 25 mingga yaqin ajralish bo‘lgani afsus bilan qayd etildi.

"Men, bugungi imkoniyatdan foydalanib, keng jamoatchilikka, avvalambor, ko‘pni ko‘rgan mo‘’tabar nuroniylarimizga, oqila va mehribon onalarimizga murojaat etmoqchiman. Bu og‘riqli masalada bizga yordam beringlar, deb iltimos qilaman. Oilaviy nizolarning oldini olish, ajrimlarni kamaytirish borasida siz, aziz yoshlarimiz ham, tashabbus va faollik ko‘rsatsangiz, men barchangizdan cheksiz minnatdor bo‘lar edim", – dedi O‘zbekiston prezidenti.

Mirziyoyevning yoshlarga murojaati davom etmoqda.