TOShKENT, 25 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakat tarixida ilk marta o‘tkazilayotgan yoshlar forumida ishtirok etadi.
"Ushbu yirik tadbirni tashkil etish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 20-noyabr kuni ilgari surilgan edi", - deya aniqlik kiritgan O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
18 dekabr kuni Toshkent shahrida boshlangan forum tadbirlari yanada keng ko‘lam kasb etib,mamlakatning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarimiz vazir va hokimlar bilan ochiq muloqot qilish, hokimiyat va boshqaruv organlarining boshqa vakillari bilan uchrashish, yetakchi ekspert va jamoatchilik faollari bilan muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bugungi tadbir O‘zbekiston yoshlari forumining mantiqiy yakuni bo‘ladi.
Prezident forumda nutq so‘zlaydi va yoshlar bilan muloqot qiladi. Tadbirning o‘zida 3 ming 300 nafardan ziyod, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafar yigit-qiz qatnashishi kutilmoqda.