Issiq uzoqqa kelmadi: ertaga O‘zbekiston hududlarida qor yog‘adi

Ertaga respublika hududlariga janubiy siklon kirishi boshlanadi, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq antisiklon kirib keladi.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek - Sputnik. O‘zbekiston hududlariga Erondan kirgan iliq va nam havo massalari uzoq vaqtga kelmadi. Ertaga O‘zbekiston hududlariga janubiy siklon kirishi boshlanadi, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq antisiklon kirib keladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

MDHning qaysi shaharlari archa bezatishdan voz kechishdi – video

Xabarda aytilishicha, Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon u qorga aylanishi mumkin. Respublika shimolida va shimoliy hududlarning chekkasida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik bo‘ladi, u sovuq fonda qor ko‘rinishida davom etadi. Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli qor yog‘ishi mumkin, qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Dam olish kunlari harorat pasayadi va yakshanba kuni 3° sovuq-2° iliq atrofida bo‘ladi.

Bu davrda kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Ertaga respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.