O‘zbekistonda Yangi yil arafasida qat’iy karantin joriy etiladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 25-dekabridan karantin choralari kuchaytiriladi, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu gaplarda asos bormi?
Sputnik

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov mamlakatda 25-dekabrdan karantin choralari kuchaytiriladi degan mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

O‘zbekistonda to‘qqiz kundan buyon COVID-19 dan o‘lim kuzatilmayapti

"Xalqimizda “niyatga yarasha beradi” degan gap bor, bilmadim, ba’zi shaxslar bu kabi mish-mishlarni yaxshi niyatda tarqatishayaptimi yoki doim shunday “sovuq” niyat qilishga o‘rganib qolishganmi? Deylik, karantin tadbirlari qaytadan kuchaytirilsa, aniqroq aytganda, uydan chiqish, ishga borish, harakatlanish, qo‘yingki, shu kabi barcha erkinliklar chegaralansa, bundan kimga va qanday naf?! Dunyo hamjamiyatida vaziyat o‘ta og‘ir bo‘lib turgan bir paytda va yurtimizda karantin tadbirlarining birmuncha yumshatilishi mavjud epidemik vaziyatga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini to‘liq anglagan holda Respublika maxsus komissiyasining cheklov tadbirlarini birmuncha yumshatishga qaror qilgani bu pandemiyani jilovlash tadbirlariga jalb etilgan sohalarga katta ishonch namunasi, desak xato bo‘lmaydi”, - deydi Otabekov.

O‘zbekiston qator davlatlar bilan xalqaro aviareyslarni to‘xtatmoqda

Uning ta’kidlashicha, bu kabi qarorlar qabul qilinishidan oldin barcha shart-sharoitlar o‘rganib chiqiladi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimi bo‘yicha imkoniyatlar har tomonlama o‘rganiladi.

“Ta’kidlanganlardan kelib chiqib, yuqoridagi kabi mish-mishlarni tarqatayotgan shaxslarga aytmochimiz: xalqni besaranjom qilib, chalg‘itib, qo‘rqitib yoki xavotirga solib baraka topmaysiz, Respublika maxsus komissiyasi a’zolari esa karantin tadbirlarini kuchaytirish haqida hozircha o‘ylab ko‘rishmadi, Negaki, bugun bu kabi cheklovlar haqida o‘ylash uchun umuman asos yo‘q, yurtimizda koronavirus kasalligi bo‘yicha barqaror epidemik vaziyat hukm surmoqda”, - deya xulosa qildi u.

SSV koronavirusning yangi shtammi xususida ma’lumot berdi

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarga yangi 2021-yil bayrami tadbirlarini oila davrasida o‘tkazishni tavsiya etilgan. Vazirlik, idoralar, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va boshqa tashkilotlariga turli xil korporativ bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlangan. Bog‘chalar, umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarida turli bayram tadbirlari va kechalarini tashkil etish va o‘tkazish taqiqlangan.