“Shimoliy oqim-2” o‘z marrasiga yaqin qoldi

AQShning “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatishga bo‘lgan barcha urinishlari puchga chiqdi. Tahlilchilar loyiha o‘zining marrasiga chiqqani va har qanday holatda yakunlanishini aytishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Natalya Dembinskaya. AQShning “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatishga bo‘lgan barcha urinishlari puchga chiqdi. Gaz quvurining xorijdagi quruqlikdagi qismi bitkazib bo‘lindi. Hozir quvurni Germaniya suvlarida yotqizishmoqda, keyin Daniyada yotqiziladi. Tahlilchilar loyiha o‘zining marrasiga chiqqani va har qanday holatda yakunlanishini aytishmoqda. Ammo foydalanishga topshirish vaqtida muammo tug‘ilishi mumkin.

“Shimoliy oqim-2” quvurlarini yotqizish uchun kema ish joyiga yaqinlashdi

Barchasi hozir

“Gazprom” boshqaruv raisi o‘rinbosari, “Gazprom eksport” bosh direktori Yelena Burmistrova investitsiya banklari bilan uchrashuvda quvurning xorijdagi quruqlikdagi qismi to‘liq tayyorligini ma’lum qildi.

O‘n birinchi dekabr kuni Germaniya hududiy suvlarida ishlar qayta tiklandi – bir yillik tanaffusdan so‘ng. 15-yanvardan boshlab Daniya suvlarida quvurlarni yotqizish ni boshlashadi. Burmistrovaning so‘zlariga ko‘ra, qurilishning dengiz qismi yakunlanish muddati qator shart-sharoitlardan, xususan, ob-havoga bog‘liq.

AQSh Kongressi "Shimoliy oqim-2"ga qarshi yangi sanksiyalarni tasdiqladi

“Fortuna” quvur yotqizuvchiga Rossiya dengiz qutqaruvchi xizmati “Murman”, “Baltiyskiy issledovatel” hamda qator kemalar yordam beradi. Dengizda kengligi 200 metrlik vaqtincha taqiqlangan hudud yaratiladi. U yerda cho‘milish, langar tashlash va baliq ovlash taqiqlanadi.

Tahlilchilar hozir, ehtimol, qurilishning eng murakkab bosqichi ekanini ta’kidlashmoqda. Qishda Boltiqda kuchli shtorm bo‘ladi. Buning ustiga gaz quvuriga avvaldidek Amerika sanksiyalari tahdid solmoqda.

Chora qoldirishmayapti

Oktabrda loyihaga “Yevropa energetika xavfsizligini himoya qilish to‘g‘risida” PEESA to‘plami amal qildi. Quvurlarni yotqizishda ishlayotgan kemalarni modernizatsiya yoki jizohlash uchun moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar sanksiya ostida tushdi. Endilikda Rossiya kemalari bilan hamkorlik qiluvchi sug‘urta va sertifikatsiya kompaniyalari tahdid ostida. Kongress tomonidan allaqachon ma’qullangan sanksiyalar 2021-yilda mudofaa budjetiga tuzatishlarni o‘z ichiga oladi.

“Bir tomondan, kongress bu qonunloyihasini qabul qildi, boshqa tomondan – u Donald Tramp tomonidan imzolanmagan va uni Jo Bayden imzolashi fakt emas: birinchisi Oq uyni tark etish uchun narsalarini yig‘ishtirishi, ikkinchisi esa joylashib, iqtisoddagi mushkul ishlarni bir yoqlik qilishini zarur” – deya fikr yuritadi mustaqil sanoat eksperti Leonid Xazanov.

Yo‘lini topadi

Germaniya allaqachon ma’lum qildiki: basharti Oq uy bu rejalarni amalga oshirsa, bundestak javob choralarini hozirlaydi. Xususan, Germaniya iqtisodiyot vazirligining ichki hujjatida aytilgan, Merkel hukumati Yevropa Ittifoqi bilan muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlarni ko‘rib chiqadi.

AQSh nima uchun "Shimoliy oqim-2"ga to‘sqinlik qilmoqda - video

Loyiha hamkorlari ta’kidlashmoqdaki: Rossiya har qanday yo‘l bilan sanksiyalarga chap berib, qurilishni yakunlaydi. “Quvurlarni yotqizish qayta tiklanadi, gaz quvuri yakunlanadi”, - deya ishontiradi Avstriyaning OMV AG neft kompaniyasi bosh ijrochi direktori Rayner Zele.

“Shimoliy oqim-2”ni yozga kelib bitkazish, kelasi qishga kelib esa gazni tashish uchun sertifikat olish mumkin, deb hisoblashadi Oksford energetik tadqiqotlar instituti mutaxassislari. Keyingi sanksiyalar, ehtimol, muddatni cho‘zadi, ammo oxirida Rossiya “har qanday to‘siqlarni yengib o‘tish usulini topadi”. Amerikaliklar “ular loyihani to‘xtata olmasliklarini anglashlari darkor”, deya qayd etishdi tahlilchilar.

Rossiyalik ekspertlarning prognozlariga shunga o‘xshash. “Shimoliy oqim-2” ga qarshi hozir amaldagi sanksiyalar “Gazprom” uchun chivin chaqishi bilan baravar. Xuddi shunday muvaffaqiyat bilan Vashington bizga tabiiy gaz qazib olishni taqiqlasa bo‘lardi. Agar Jo Bayden qonun loyihasini imzolasa, “Gazprom” hamkorlari bilan baribir ishni oxiriga yetkazib, qazib olishga kirishadi. O‘ylashimcha, quvurlarni yotqizish aprel-mayga kelib yakunlanadi”, - deydi Leonid Xazanov.

Foydalanishga topshirish

Mutaxassislar ta’kidlashmoqdaki: chuqur suv hududlarida qurish allaqachon taqiqlangan. Shu bois “Gazprom” tom ma’noda hech narsaga qaramasdan harakat qilib, to‘xtab qolmoqchi emas. Intriga shundan iboratki, “Fortuna” faqatgina Daniya qismidagi sayozlikda ishlaydimi, yoki chuqur suvlarda. Qurilish sur’ati va kerakli kemalar miqdori shunga bog‘liq.

“Shimoliy oqim – 2” uchun hal qiluvchi jang boshlandi

“Gazprom” mulkdorlar zanjirini o‘zgartirib, sanksiya oqibatlarini kamaytirishga urinmoqda. Ishga jalb qilingan barcha kemalar xo‘jayinlarini o‘zgartirdi. Ilgari “Gazpromflot”ga tegishli bo‘lgan “Akademik Charskiy” endilikda Samara energetika jamg‘armasiga tegishli. Mohiyat bu mulkni o‘zidan uzoqlashtirishdan iborat.

Rossiya hukumat huzuridagi Moliya universiteti eksperti Igor Yushkovning so‘zlariga ko‘ra, qurib bitkazib bilan hammasi ravshan bo‘lsa, uni foydalanishga topshirish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. Gap shundaki, 2021-yil uchun AQSh mudofaa budjetiga tikilgan yangi sanksiyalar gaz quvuriga xizmat ko‘rsatish va uning foylanishga topshirishiga ham taalluqli. Ular qat’iy bo‘lishi istisno qilinmagan. Bu yerda ko‘p narsa yevropaliklarga bog‘liq: gazni qayta chiqarishga va undan foydalanishga ruxsatnoma berishga jur’at qilishadimi yoki yo‘q.