Shifokor kimlarga mandarin yeyish zararligini aytdi

Hademay Yangi yil kirib keladi. Barchamizga juda yaxshi ma’lumki, Yangi yil dasturxonini mandarinsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shifokor ayrim shaxslarning bu mevani ehtiyotkorlik bilan yeyishlari kerakligini aytdi.
Sputnik

Oshqozon-ichak yo‘li, gastrit, me’da kislotasi oshishishi xastaligidan aziyat chekuvchilar ehtiyotkorlik bilan mandarin iste’mol qilishlari darkor. Bu haqda parhezshunos shifokor Yelena Solomatina “Vechernyaya Moskva” gazetasiga ma’lum qildi.

Shifokor aytib o‘tilgan kasalliklardan tashqari mandarinni och qoringa yeyish kerak emasligini tushuntirdi. Qolaversa, yaltiroq mevaning po‘stini qaynatmagan ma’qul, chunki ular kimoviy vositalar bilan ishlangan bo‘lishlari mumkin va bu sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kimlarga xurmo yeyish mumkin emas

“Shuningdek, mandarin sharbatini ichmasdan, uni butunligicha iste’mol qilish yaxshiroq”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Shifokor mandarinni iste’mol qilish mumkinligi va zarurligini ta’kidladi. Chunki sitrus mevasi tarkibida katta miqdordagi vitamin, mikro va makroelement hamda antioksidantlar mavjud. Mandarinni kuz-qish davrida, ya’ni virusli kasalliklar avj olgan vaqtda yeyish o‘ta foydali.

Bir kunda ikki yoki uch dona mandarin yeyish o‘rtacha xavfsiz sanaladi. Biroq bu inson sog‘ligiga va iste’mol qilayotgan shakar miqdoriga bog‘liq.