Pandemiya tufayli kimlar milliarderga aylandi - Forbes ro‘yxati

Forbs nashri yozishiga ko‘ra 2020-yilda AQSh, Xitoy va Yevropada tibbiyot va farmatsevtika sohalarida ko‘plab yangi milliarderlar paydo bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek - Sputnik. 2020 yilda pandemiya tufayli dunyoning turli mamlkatlarida 50 kishi milliarderga aylandi, deb yozmoqda Forbes nashri. 

Yangi milliarderlar asosan tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat yuritadi. Ulardan eng mashhurlarini quyida sanab o‘tamiz. Boylik bo‘yicha birinchi o‘rinda, albatta, yil bo‘yi barchaning diqqat markazida bo‘lgan vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalar aksiyadorlari bo‘lishdi.

Pul bilan hal qilib bo‘lmaydigan ish – nega Amerika vaksinasiz qoldi?

Yangi boylar reytingining birinchi qatorlarini G‘arbda 2ta muvaffaqiyatli vaksina ishlab chiqargan kompaniyalar - Pfizer va BioNTech hamda Moderna rahbarlari egallashgan. 

Ugur Shaxin, germaniyalik turk - 4,2 milliard dollar. BioNTech kompaniyasi rahbariyati tarkibiga kiradi. Yil boshidan buyon kompaniya aksiyalari 160%ga o‘sdi. Pfizer bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaksina 95 % samaradorlik namoyish etgan. 

Stefan Bansel, Fransiya fuqarosi - 4,1 milliard. AQShning Moderna kompaniyasi direktori va aksiyadori. Koronavirus epidemiyasi paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab kompaniyaga ulkan sarmoyalar jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Moderna G‘arbda eng samarador bo‘lgan mRNK texnologiyasi asosida vaksina ishlab chiqqan.

Vaksina mutlaq sun’iy bo‘lib, u virus genomiga muvofiq ravishda kompyuter dasturlash tizimi yordamida ishlab chiqilgan. Ayni damda vaksina 2 bosqich sinovlaridan o‘tmoqda. Ushbu revolyutsin texnologiya ko‘plab kishilarda umid uyg‘otgan, lekin hozircha birorta ham davlatda ro‘yxatdan o‘tmagan. Shunday bo‘lsada kompaniya o‘z aksiyadorlarini allaqachon milliarderga aylantirdi.

Dunyoning eng badavlat kishilari bir kunda 139 mlrd dollaridan ayrilishdi

Yuan Lipin, Kanada - 4,1 milliard. Xitoyda vaksina ishlab chiqariuvchi yirik farmatsevtika korxonasi Shenzhen Kangtai Biological Products kompaniyasining 24% aksiyalari egasi. 

Xu Kun, Xitoy - 3,9 milliard. Tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchi Contec Medical Systems kompaniyasi direktori. Yil davomida kompaniya aksiyalari 150%ga o‘sgan. 

Karl Xansen, Kanada - 2,9 milliard. Vankuverda joylashgan AbCellera biotexnologik kompaniyasi bosh direktori va aksiyadori. Kompaniya antitanachalar bilan davolashning eng zamonaviy uslublaridan foydalanadi: sun’iy ong va mashinali o‘qitish uslublaridan. Kompaniya koronavirusni davolashda yuqori samaradorlik namoyish qilgan "bamlanivimb" preparatini ishlab chiqqan. 

Timoti Springer, AQSh - 2 milliard dollar. Moderna kompaniyasi bosh immunologi va biologik kimyo mutaxassisi va aksiyadori.

O‘zbekistonda yil oxirigacha 30ta farmatsevtika korxonasi quriladi

Serjio Servanto, Italiya - 1,8 millard. Italiyada joylashgan Stevanato Group kompaniyasi tibbiy qadoqlashga ixtisoslashgan bo‘lib, 40-yildan buyon vaksinalar uchun shisha idishlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 

Robert Langer, AQSh - 1,5 millard. Moderna kompaniyasi bosh kimogari. 

Premchand Godxa, Hindiston - 1,4 milliard. Mumbay shahrida joylashgan Ipca Labs jeneriklar va farmatsevtik ingrediyentlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. 

Va ho kazo, ushbu reyxatda yana 10dan ortiq Xitoylik tibbiyot sohasi vakillari AQSh va Yevropalik farmatsevtlar bor.