O‘zbekiston nonsiz qolmaydi – Rossiya savdo vakili

O‘zbekiston bug‘doy importining asosiy qismi Qozog‘istondan olib kelinadi. Shu sababli Rossiyada kiritilgan cheklov unga ta’sir qilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Rossiyada bug‘doy eksportiga doir kiritilgan cheklovlar O‘zbekistonga salbiy ta’sir qilmaydi. Bu haqida Rossiya elchisi Turdenev bilan bo‘lib o‘tgan yillik matbuot anjumanida xabar qilindi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.   

"Do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi": Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari Turdenev nigohida

Ma’lumki, Rossiyada 15-dekabrda bug‘doy eksportiga doir cheklov joriy etildi. Unga ko‘ra kelgusi yilning 15-fevralidan 30-iyuliga qadar faqat 17 mln tonna bug‘doy eksportga chiqarilishi mumkin.

Ushbu vaziyat O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi, - degan savolga Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Andrey Mokrousov javob berdi.  

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga 9,5 mln tonna bug‘doy iste’mol qilar ekan. Shundan 7 mln tonnasi Respublika ichida yetishtirilar ekan. Import qilidayotgan bug‘doy va unning 99,5 Foizi Qozog‘istondan va 0,5 % Rossiyadan olib kelinar ekan.

Bundan ko‘rinib turibdi-ki, O‘zbekiston o‘ziga kerakli bug‘doyning asosiy hajmini o‘zida yetishtiradi va qolgan qismini Qozog‘istondan sotib oladi. Kerak bo‘lsa, 17 mln kvota doirasida Rossiyadan ham xarid qilish mumkin. Shuning uchun, bu yerda xavotirga o‘rin yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya faqat YeOII a’zolariga imtiyozli narxlarda bug‘doy sotish imkoniyatini  kafolatlaydi. Bu yil Rossiyada bug‘doy hosili 40 mln tonnaga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.