Qashqadaryoda svet o‘chavergach, hududiy elektr tarmoqlari ustidan sudga ariza tashlandi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi joylarda elektr energiyasi va undagi uzilishlar yuzasidan monitoring ishlarini olib bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Qashqadaryoda svet o‘chavergach, hududiy elektr tarmoqlari ustidan sudga ariza tashlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati vakili.

"Pul bor, svet yo‘q": Samarqand viloyatida oilalar 3 kundirki svetsiz o‘tirishibdi

Ta’kidlanishicha, o‘rganishlar davomida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 12-16 soatgacha elektr tarmoqdan rejasiz uzilish holatlari kuzatilgan. Buning oqibatida aholi tomonidan haqli e’tiroz va noroziliklar ko‘payib ketgan.

"O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi joylarda elektr energiyasi va undagi uzilishlar yuzasidan monitoring ishlarini olib bormoqda. Biz ishni eng og‘ir hududlardan biri bo‘lgan - Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida svet o‘chishi masalasini ko‘rib chiqishdan boshladik. Odamlar 12-16 soatlab elektr-energiyasisiz o‘tirishga majbur bo‘layotgani aniqlandi", - dedi suhbatdosh.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi iste’molchilarni haq huquqlari buzilish holatlarini yuzaga keltirgan Hududiy elektr tarmoqlari bo‘yicha sudga da’vo a’rizalarini kiritib bormoqda, deb qo‘shimcha qildi suhbatdosh.