SSSR chiroqlari: Estoniyada antiqa archa o‘rnatildi

Estoniyada ko‘cha chiroqlaridan yasalgan antiqa archa o‘rnatildi – bayramona bezakning muallifi Toomas Porro.
Sputnik

2018 yilda ijodiy bezak ilk bor Estoniyaning Vilyand shahrida porladi. O‘sha vaqtda ko‘cha yoritgichlari almashtirilgan vaqtda, loyiha muallifi - Toomas Porro installyatsiya yaratish uchun sovet davridagi eski lampalardan foydalanish g‘oyasini ilgari surdi.

Erkak chiroqlarning shakli archa shoxlariga o‘xshash bo‘lganligiga e’tibor qaratdi.

Yangi yil archasi shu tarzda paydo bo‘ldi! Umuman olganda, loyiha muallifi uni yaratishda 40-yil davomida Estoniya shahrini yoritgan 77 dona ko‘cha chiroqlarini sarfladi.