Rossiya qurilishlarida migrantlar yetishmasligi Putinga yetkazildi

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin mamlakat prezidentidan qurilishda ishchi kuchi yetishmasligi masalasini ko‘rib chiqishni iltimos qildi.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin Rossiya prezidenti Vladimir Putindan qurilishda ishchi kuchi yetishmasligi masalasini ko‘rib chiqishni iltimos qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Migrantlar yetishmasligi tufayli Rossiyada tayyor turar joylarni topshirish kechikmoqda

“Shu bilan birga mehnat resurslari, jumladan, xorijiy ishchi kuchi yetishmasligi tufayli dekabr oyida uy-joylarni foydalanishga topshirish bo‘yicha xatarlar mavjud”, - dedi u Davlat kengashi yig‘ilishida.

Bosh vazir o‘rinbosari ushbu muammo, ayniqsa, Moskva mintaqasida o‘ta kuchli sezilayotganini ta’kidladi.

“Bu masala yuzasidan sizning topshirig‘ingiz ishlab chiqilishi va uni yil boshida alohida yig‘ilishda ko‘rib chiqilishini iltimos qilaman”, - dedi Marat Xusnullin.

Rossiya qurilish maydonlarida migrantlar yetishmayapti - bosh vazir o‘rinbosari

Xusnullinning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli mamlakatda birinchi yarim yillikda uy-joylarni foydalanishga topshirish taxminan 10 foizga, ipoteka bo‘yicha esa 17 foizga tushib ketgan.