TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Moskva amerikaning yangi sanksiyalariga javob qaytarib, Vashington bilan aloqalar majmui bo‘yicha xulosalar chiqaradi, deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon al-Toniy bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Sal avval AQSh savdo vazirligi Rossiya va Xitoyning qurolli kuchlarga aloqasi bo‘lgan 103 kompaniyalari ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Ularga nisbatan eksport cheklovlari kiritilmoqda. Ushbu ro‘yxatdan RF Mudofaa vazirligi, aviatsiya, kosmik va boshqa sohalardagi yirik korxonalarni o‘z ichiga olgan.
"Rossiya va Xitoyning jismoniy shaxslari va kompaniyalariga qarshi kiritilgan amerikaning yangi sanksiyalari masalasiga keladigan bo‘lsak, bu yerda bizni hayratlantiradigan narsaning o‘zi yo‘q: AQSh davlatimizga nisbatan dushmanona siyosat yuritib kelayotganiga ancha bo‘lgan. Va, tabiiyki, albatta, javob qaytariladi - bunda gap javobning aks yoki simmetrik bo‘lishida emas, biz Rossiya-Amerika munosabatlarining butun majmuiga daxl qiladigan qo‘shimcha xulosalarni chiqaramiz", - degan Lavrov.
RF TIV rahbari Sergey Lavrov, AQShning Rossiya kompaniyalariga qarshi kiritilgan yangi sanksiyalariga izoh berar ekan, Vashington harakatlari raqiblarni kuchsizlantirishga urinish ekanligini aytdi.
"Vashingtonning ushbu harakatlari, Qo‘shma Shtatlarning Jahon Savdo Tashkiloti qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda raqobatning nopok usullarini joriy etish uchun jahon bozorlaridagi raqobatchilarini zaiflashtirishga qaratilgan strategik yo‘nalishini aks ettiradi", - dedi Lavrov matbuot anjumanida.
"Xalqaro huquq meyorlarini navbatdagi bor ochiqchasiga mensimaslik Qo‘shma Shtatlar o‘zlarining boshqalarga tiqishtiriladigan qoidalarini ilgari surishini yana bir bor dalolat beradi. Va tabiiyki, yevropalik sheriklarimiz qoidalarga asoslangan jahon tartibotini o‘rnatish zarurati haqida mudom takrorlab kelishar ekan, ular qanday o‘yinni o‘ynayotganliklarini anglashlari lozim. Ular oxir-oqibat bu sayyoramizdagi istalgan davlatda o‘z aksini topishini tushunishlari kerak", - dedi Lavrov.
Vashington biznes-sherik sifatida o‘zining ishonchsizligini isbotladi, deb qo‘shimcha qildi Sergey Lavrov.