Birdaniga 3ta: Yerga xavfli asteroidlar yaqinlashmoqda - NASA

NASA olimlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, birdaniga 3ta xavfli kosmik jismlar Yerga yaqinlashmoqda. Ular 25-dekabr kuni Yer yaqinidan taxminan 3 million kilometr masofada uchib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. NASA olimlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, birdaniga 3ta xavfli kosmik jismlar Yerga yaqinlashmoqda, ular 25-dekabr sayyoramizga yaqin masofada uchib o‘tishadi.

“Hayotda bir marta sodir bo‘ladi” - bugun odamlar noyob samoviy hodisaning guvohi bo‘ladi

Ulardan eng kattasi 501647 (2014 SD224) asteroidning masofasi Yerdan taxminan 3 million kilometrni tashkil qiladi.

Obyektning diametri taxminan 200 metrni tashkil qiladi.

U Yer yaqinidan ancha tez-tez uchib o‘tadi: asteroid oxirgi marta shu yilning yanvarida kuzatilgan. Keyingi safar u yana 2021-yil dekabrida sayyoramizga yaqinlashadi.

"Potensial xavfli" guruhga 0,05 astronomik birlik va diametri taxminan 140 metr bo‘lgan barcha kosmik jismlar kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 17-dekabr kuni samolyot kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashayotgani haqida xabar berilgandi: diametri 26 dan 52 metrgacha bo‘lgan.

Bundan tashqari, 21-dekabr kuni Yer aholisi kamdan kam uchraydigan noyob samoviy hodisa - Yupiter va Saturn yaqin kelishi hodisasiga guvohi bo‘lishdi. Bu hodisa oxirgi marta 794-yil oldin yuz bergan.