G‘arb aholisi o‘z farmasanoati ishlab chiqqan vaksinalardan vahimaga tushib qolgan. Bir biridan qo‘rqinchli mish-mishlar yashin tezligida tarqalmoqda. Fuqarolar ommaviy ravishda vaksina olishdan bosh tortmoqda. Aholi asosan vaksinaning mudhish oqibatlari va ommaviy chiplashtirishdan qo‘rqmoqda.
Umuman, hayron qolishga o‘rin yo‘q desa ham bo‘ladi. Yevropada bu birinchi marotaba emas. Angliyada 18 asrda, chechak kasaliga qarshi birinchi vaksinani o‘ziga ukol qilgan fermer va uning oilasini qo‘shnilari haydab solgan ekan. Ular o‘shanda vaksina oqibatida dum va shoxlari o‘sib chiqishidan qo‘rqishgan ekan...
Bugun qadimiy qo‘rquvlar yana avj olgan ko‘rinadi. Eng katta qo‘rquv esa Britaniyaning eng badavlat hududlarida kuzatilmoqda. Aslida esa, haqiqatdan ham xavfli bo‘lgan “Bill Geyts” kompaniyasi tomonidan yaratilgan vaksina esa – Britaniyaning kambag‘al hududlarida tarqatilmoqda.
Britaniyada o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, 86 % ota-onalar koronavirus vaksinasi “mudhish oqibatlarga” olib kelishish mumkin deb hisoblaydi. So‘rovda ishtirok etganlarning 50% - o‘z bolalarini emlashdan mutlaq voz kechishgan.
Fratsiyalik jurnalistlar aniqlashiga ko‘ra, aksariyat aholi - koronavirusga qarshi vaksina olishga qarshi. Chunki ular – ishonishmaydi. Ular na xorijiy, na o‘z vaksinalariga, na Sog‘liqni saqlash vazirligiga va na OAVlarga ishonishmaydi.
Germaniyada vaksinatsiyaga qarshi bo‘lganlar esa mitinglar uyushtirishmoqda. Nyu-Yorq va Los-Anjelesda esa fuqarolar norozilik namoyishlariga chiqmoqda. Amerikaning ommaviy OAVlaridan biri bo‘lgan Fox News muallifi Taker Karlson “koronavirus vaksinasi ijtimoiy nazorat vositasiga aylanishi”ni bashorat qildi.
Xo‘sh, vaksinatsiyalashga qarshi bunday jazavali munosabat bo‘lishiga sabab nimada? O‘zlarining qulay hayot tarzidan birdan chiqib ketgan, ommaviy tushkunlikka tushgan va ertangi kunga ishonchini yo‘qotgan odamlarda bu kutilgan holat bo‘lishi mumkin. Lekin Asosiy sabab – tibbiyotning haddar ortiq tijoratlashishidadir.
Rossiya va Xitoyda vaksinalar ko‘p yillik an’anaga ega bo‘lgan davlat ilmiy institutlarida, laboratoriyalarida yaratiladi. Ushbu davlatalarda epidemiologiya va virusologiya sohalari uchun faqatgina hukumat javobgardir.
SSSR va XXR o‘z tarixi davomida vabo, xolera, poleiomiyelit kabi xavfli epidemiyalarni yengib o‘tib, o‘z tibbiy ilmiy tizimi va pandemiyalarga qarshi kurash an’analariga ega bo‘lib va aholi orasida ishonch qozonib ulgurgan.
G‘arbda esa vaziyat boshqacha. Asosiy maqsadi daromad olish bo‘lgan farmatsevtika kompaniyalariga aholi har doim shubha bilan qaragan. Masalan Pfizer 1990-yillarda o‘z yangi preparatini Nigeriyalik bolalarda noqonuniy sinovdan o‘tkazishda ayblangan edi. Sinovda bir necha bola vafot etgan. Ushbu voqea tafsilotlari haqida Jon Le Karrening “Fidokor bog‘bon” romanidan bilib olsa bo‘ladi.
O‘shanda Nigeriya hukumati korporatsiyaga 6,9 milliar dollarlik tovon to‘lashni talab qilgan, sud jarayonida esa voqeaning turli xunuk tafsilotlari ham ochiqlangan edi. Xususan, Pfizer tomonidan bosh prokurorni “sotib olishga” urinish, bemorlar tibbiy kartalarining yo‘qolib qolishi – va boshqa holatlar kompaniyaga bo‘lgan ishonchni mutlaq tushirib yuborgan edi.
2015-2016 yillarda yuzlab amerikaliklar Pfizer kompaniyasiga qarshi sudga murojaat qilgan edi. Ularning fikriga ko‘ra, kompaniya ishlab chiqqan antidepressant - chaqaloqlarning majruh bo‘lib tug‘ilishiga olib kelgan. Kompaniya ushbu arzlardan o‘zini himoya qila olgan, lekin ishonch baribir darz ketgan edi.
2019 yilda esa Pfizer ustidan yana arizalar yozildi. Da’vogarlar aytishiga ko‘ra, kompaniya dorilaridan biri inson organizmiga kansirogen ta’sir ko‘rsatar va saraton paydo bo‘lishiga olib kelar ekan.
Yana bir vaksina ishlab chiqaruvchi - Moderna kompaniyasining esa bunday tarixi yo‘q. Bu xususiy biotexnologik kompaniya 2011-yilda AQShda tashkil qilingan. Kompaniya faoliyatining eng boshida noma’lum investor unga 2 milliard investitsiya kiritgan. Kompaniya kimga tegishli ekani va biror ish noto‘g‘ri ketsa kim javob berishi ham - haligacha noma’lum.
Odatda yetakchi farmsevtika kompaniyalar o‘z izlanishlari va faoliyati haqida tez-tez ilmiy ishlar va turli maqolalar chop etib boradi. Ularning natijasida kompaniya investorlarini aniqlash mumkin. Lekin Moderna butun faoliyati davomida hech qanday ma’lumot chop etmagan.
Amerika OAVlari uni biotex olamida “eng sirli” kompaniya deb atashmoqda. Kompaniya top menedjerlari xabar berishiga ko‘ra, ular ataylab stels texnologiyalari asosida faoliyat yuritishmoqda. Jurnalistlar va oddiy fuqarolar Moderna hududiga qadam bosa olmaydi. U yer harbiy bazadan ham qattiqroq qo‘riqlanadi.
Ishonchga sazovor bo‘lgan ilmiy OAVda Moderna haqida faqat bitta ishonchli maqola bor edi. U ham Science Magazineda 2017-yilda paydo bo‘lgan. Ushbu maqola 2020-yilda deyarli to‘liq qayta to‘g‘rilab chiqilgan. U yerdagi hamma tanqidiy nuqtalar olib tashlangan. Mana shularning brachasi ishonch paydo bo‘lishiga xalal bermoqda.
Eng qizig‘i Moderna kompaniyasi o‘zining 9-yilllik faoliyati davomida birorta ham vaksina kashf etmagan, umuman hech qanday dori yoki boshqa narsa sotuvga chiqarmagan. Shu o‘rinda o‘z o‘zidan savol tug‘iladi: bu yigitlar o‘zi kim? Ular o‘z laboratoriyalarda nima bilan shug‘ullanishmoqda? Nima uchun “oltin milliard” aholisi ular yaratgan birinchi mahsulot – koronavirusga qarshi vaksinani o‘zlarida sinab ko‘rishi kerak?
The New York Times 2014-yilda farmatsevtika sohasiga davlat sarmoyalari miqdori deyarli to‘xtatilganini va ozod bo‘lgan bo‘shliqqa xususiy korxonalar o‘zini o‘rayotgani haqida xabar qilgan edi. Xususiy sarmoyadorlar har qanday “startap”larga moliya kiritishga tayyor edilar, olimlar esa ularning istagini bajarishga. “Amerika ilmini ulkan mablag‘li milliarderlar xususiylashtirdi”, - deb yozgan edi o‘shanda gazeta.
Eng xavtorlisi shundaki, o‘sha izlanishlarda olimlar qanday buyurtmalar olishgan, millarderlar biotexnologiya sohasidan nimalarga erishishni istagani haligacha noma’lum.
Ana shunday vaziyatda Kaliforniya hukumati barcha fuqarolarni majburiy vaksinatsiya qilish haqida qonun qabul qilmoqchi bo‘layotgani – ko‘plab kishilarni vahimaga tushishiga va namoyishlarga chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki sinovdan o‘tmagan kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan vaksina biror salbiy xususiyatga ega bo‘lsa – hech kim javob bermaydi.
Farmakompaniyalar esa javobgarlikdan qochishni juda yaxshi bilishadi. Bu yaqinda AQShda Saklerlar oilasi yaqqol namoyish qildi. Ular 1990-yillarda mahalliy amaldorlar va shifokorlarni o‘ziga og‘dirish oqibatida millionlab amerikaliklarni o‘z dorilariga o‘rgatib olishgan. Dorilar tarkibida opium bo‘lgani va bemorlar narkotiklarga o‘rganib qolishi keyin aniqlangan. AQShdagi “opium epidemiyasi” yuz minglar kishilarni o‘zlimiga olib kelganidan so‘ng ham Saklerlarga hech narsa bo‘lmadi.
Ular o‘z firmasi boshqaruvidan chiqishdi. Massachusets sudi Purdue Pharmani 8,3 milliard jarima to‘lashga mahkum qildi, lekin shu vaqtning o‘zida kompaniya bankrotlik e’lon qildi. Oqibatda ta’sischi javobgarlikdan, korxona esa jarima to‘lashdan qutilib qoldi.
Rossiyada ham bir vaqtlar farmatsevtika sohasi haddan ortiq tijoratlashib ketgan edi. Iste’molchilar tibbiyot korxonalarini ashaddiy dushman deb bilib, ularning mahsulot va xizmatlaridan va hatto vaksinalardan keskin voz kecha boshlashgan edi. keyinchalik, davlat miqyosida ushbu yo‘nalish jamiyatning keskin noroziligiga olib kelishini tushunib yetishdi. Axir tin vaqtda bu unchalik sezilmasa-da, epidemiologik sharoitda bunday keskinlikning oqibati juda yomon bo‘lishi mumkin.