COVID bor ekan, o‘zbek migrantlari Rossiyaga nazoratsiz kira olishmaydi - diplomat

Diplomatning ta’kidiga ko‘ra, Rossiya Hukumati rahbarining ijtimoiy siyosat bo‘yicha o‘rinbosari Tatyana Golikova boshchiligidagi tezkor shtab koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmagan davlatlardan odamlar kelishiga cheklovlar o‘rnatgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Koronavirus muammosi bor ekan, o‘zbekistonlik migrantlar Rossiya Federatsiyasiga nazoratsiz kirishlari imkoni bo‘lishi dargumon, dedi kuni kecha jurnalistlar bilan uchrashuvda Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Turdenev.

"Do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi": Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari Turdenev nigohida

Diplomatning ta’kidiga ko‘ra, Rossiya Hukumati rahbarining ijtimoiy siyosat bo‘yicha o‘rinbosari Tatyana Golikova boshchiligidagi tezkor shtab koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmagan davlatlardan fuiarolar kelishiga cheklovlar o‘rnatgan. Ammo mehnat muhojirlarining Rossiyaga kirib kelishi davom etmoqda. 

Pandemiya davrida O‘zbekistondan mehnat muhojirlarining Rossiyaga kirib borishi faqatgina tashkillashtirilgan va tartibli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda ishga jalb qilish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasidagi yirik ish beruvchilar bilan kelishuvlarga erishilmoqda.

"Shu jumladan, tashkillashtirilmagan tartibda mehnat migrantlariga RFga yo‘l ochish masalasida O‘zbekistonlik sheriklar - jumladan, O‘zbekiston bosh vazirining migratsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov bilan muzokaralar o‘tkazmoqdamiz. Lekin, meni fikrimcha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat saqlanib qolar ekan, o‘zbekistonlik migrantlar Rossiya Federatsiyasiga nazoratsiz kirishlari dargumon", - deb aniqlik kiritdi Turdenev.

Migrantlarni emlash uchun “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi

Elchining so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat xavfli, balki, birinchi o‘rinda mehnat muhojirlarining o‘zini Rossiya Federatsiyasida o‘ta og‘ir sharoitga tushib qolishlariga sababchi bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, hozirda ikkala tomon ham kompromiss variant topish ustida ish olib bormoqda.

"Rossiya tomoni O‘zbekistondan kelayotgan mehnat migrantlari soni ko‘payishidan manfaatdor. Rossiya bu mehnat muhojirlariga muhtoj. Ammo ikkala tomon ham ushbu jarayon koronavirusning yangi o‘choqlarini keltirib chiqarmasligini istaydi. Chunki bu birinchi galda migrantlarning o‘zini juda og‘ir vaziyatga solib qo‘yishi mumkin", - deb ta’kidladi diplomat va ushbu masala kun tartibidan tushmay kelayotganini, ammo unga tezkorlikda yechim topishning imkoni yo‘qligini qo‘shimcha qildi. 

Bu vaqtda esa Rossiyada migrantlarning vaqtincha bo‘lish muddati uzaytirildi

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi farmoniga ko‘ra, mehnat migrantlarining mamlakatda vaqtincha bo‘lib turish muddati 2021-yil 15-iyungacha uzaytirildi.

Ushbu tartib, Rossiya Federatsiyasi hududida 2020-yil 15-martgacha qonuniy bo‘lgan chet el fuqarolari uchun amal qiladi.