“Xulosa chiqarishga erta”: immunolog yangi turdagi koronavirus haqida

Koronavirus yangi mutatsiyasining yanada yuqumliroq bo‘lgani haqida xulosa chiqarishga hali erta - tibbiyot fanlari doktori, immunolog, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugov.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Koronavirus yangi mutatsiyasining yanada yuqumliroq bo‘lgani haqida xulosa chiqarishga hali erta, e’lon qilingan 70 foizilik ko‘rsatkich esa, uncha katta emas, deydi tibbiyot fanlari doktori, immunolog, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugov.

Dunyo mamlakatlari koronavirusning yangi turi sabab Britaniya bilan parvozlarni to‘xtatmoqda

Shanba kuni Buyuk Britaniya hukumati mamlakatda koronavirusning yangi mutatsiyasi topilganligini tasdiqladi, u tarqalgan shtammga qaraganda 70% ko‘p yuqumliroq. Ammo yangi virus o‘lim yoki kasalxonaga yotqizish bo‘yicha xavfli ekanligi haqida hali ma’lumot yo‘q.

“Viruslardagi mutatsiya doimiy ravishda sodir bo‘ladi, masalan, kaleydoskopdagi rasmlarning o‘zgartirish kabi. Ularning maqsadi - virusni tarqalishi, tabiatda saqlanishi va yangi hududlarni egallashiga yordam beradigan yangi xususiyatlarni berish. Bu mutatsiyalarning bir necha mingtasi allaqachon sodir bo‘lgan”, - mutaxassis so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Rossiyalik immunolog kasal odamlardan sog‘lom odamlarga yuqtirishi borasidagi 70 foizlik ko‘rsatkich bo‘yicha xulosalar chiqarishga hali erta deb hisoblaydi: bunday tadqiqotlar uchun ko‘p vaqt talab etiladi.

"Agar ilgari bitta kasal odam bir, ikki, uch kishigacha yuqtirgan bo‘lsa, lekin undan ko‘p emas, endi, agar bu 0,7 ga, 70 foizga ko‘paytirilsa, u holda taxminan 2,5 ga teng bo‘ladi - bu mutlaqo arzimas farq, u hech kimni qo‘rqitishi kerak emas. Misol tariqasida qizamiqni keltirishim mumkin, unda bir kishi 18-20 nafar kishiga yuqtirishi mumkin”, - dedi mutaxassis.

Yangi koronavirus

Buyuk Britaniyada yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lganini tasdiqlandi. Shu munosabat bilan, ko‘plab mamlakatlar u bilan havo va temir yo‘l aloqalarini to‘xtatishga qaror qildilar, shuningdek, u yerdan kelganlar uchun majburiy karantin joriy qilmoqdalar.

COVID-19 bilan bog‘liq qiyin vaziyat tufayli ular cheklov choralarini kuchaytirmoqchi. London aholisi lokdaunga qolmaslik uchun poytaxtni tark etmoqda. Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkokning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi turi bilan bog‘liq vaziyat "nazoratdan chiqib ketdi".

JSST Niderlandiya, Daniyada va Avstraliyada koronavirusning yangi turdagi shtammlar aniqlangani haqida xabar qildi.