Xorijdagi ilk davlat: Belarusda “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatga olindi

Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Belarus xorijiy davlatlardan birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) xabar qildi.

Qozog‘istonda Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi

“RFPI Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasiga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi berilganini ma’lum qiladi. Shunday qilib, Belarus o‘z hududida vaksinani rasman ro‘yxatga olgan birinchi  xorijiy davlat bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, hozir mamlakatda vaksinani ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida ish olib borilmoqda.

Belarusga “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi sentabr oxirida yetkazib berilgan edi. Ko‘ngillilarni emlash 1-oktabrdan boshlangan.