Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov lavozimiga tiklandi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali prezidentga murojaat qilgan Jasur Fozilov Buxoro shahar prokurori sifatida 20-dekabrdan ish faoliyatini boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Jasur Fozilov Buxoro shahar prokurori sifatida 20-dekabrdan ish faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zA Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinovga tayangan holda xabar qildi.

Buxoro shahar prokurorining prezidentga murojaati bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi - OAV

Xabarga oid to‘liq tafsilotlar hali ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahar prokurori sifatida faoliyat yuritayotgan Jasur Fozilov bundan biri necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaatlar bilan chiqish qilgan edi. Unda Fozilov turli qonunbuzarliklarni tilga olgan edi.

Hech qancha vaqt o‘tmay, Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotgani haqidagi bayonoti e’lon qilindi.

Shundan so‘ng Buxoro shahar prokurori Fozilovning murojaati yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan edi.