Tashkent City bog‘iga kirish vaqtincha pullik bo‘ldi

Ushbu qaror keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ayrim blogerlar, Toshkent-siti ma’muriyatining ushbu qaroriga sarkazm tariqasida, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga "kanalimga kirish bepul. Marhamat, 10 ming so‘m to‘lab qo‘ying", degan postlarni e’lon qilishgan.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Tashkent City bog‘iga yangi yil arafasi va angi yil kunlarida kirish vaqtinchalik pullik etib belgilandi.

Xususan, 17-dekabrdan 10-yanvargacha kirish uchun pul to‘lanadi.

Chipta narxlari:

5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul;

5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 000 so‘m;

12 yoshdan kattalar uchun — 10 000 so‘m;

Pensionerlarga — 5 000 so‘m (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda);

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda); 

Yengil avtomobilda kirish — 20 000 so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda).

Ayni vaqtda, ushbu qaror keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ayrim blogerlar, Toshkent-siti ma’muriyatining ushbu qaroriga sarkazm tariqasida, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga "kanalimga kirish bepul. Marhamat, 10 ming so‘m to‘lab qo‘ying", degan postlarni e’lon qilishgan.