Rossiya mehnat migrantlariga muhtoj — Poletayev

Migratsiya tadqiqotlari markazi direktori, Rossiya FA xalq xo‘jaligini prognozlashtirish instituti yetakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev sobiq SSSR mamlakatlaridan kelgan muhojirlar bugungi kunda Rossiyada qanday imkoniyatlardan foydalanishlari mumkinligi to‘g‘risida gapirdi.
Sputnik

Har yili 18-dekabrda xalqaro migrant kuni o‘tkaziladi. 1990-yil ushbu kunda BMT Bosh assambleyasi barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida konvensiyani qabul qilgan edi.

Rossiya chegaralarini qachon ochadi – Putin javobi

Rossiya Fanlar akademiyasi xalq xo‘jaligini prognozlashtirish instituti yetakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev ushbu bayramga aloqador barchani muborakbod etdi.

"Xalqaro migrant kuni boshqa mamlakatlarga ishga boradiganlar ahamiyatini, ularning iqtisodda tutgan o‘rnini qayd etadi. Rossiyada migrantlarga talab kuchli, biz bu insonlar mehnatiga muhtojmiz", - dedi ekspert.

Poletayevning aytishicha, bugungi kunda RFda MDHdan kelgan har qanday darajadagi mutaxassislar ish topishi mumkin. Ammo ish topishda muvaffaqiyatni naqd qiluvchi ayrim kriteriylar ham bor. Ulardan biri - rus tilini yaxshi bilishdir. Kriteriylardan yana biri - gadjetlar, messenjerlar va boshqa shunga o‘xshash narsalarni yaxshi tushunish.

"Shuningdek, meni nazdimda, qandaydir kasb-korga ega bo‘lish ham muhim rol o‘ynaydi. O‘z ishining ustasi bo‘lgan, yangiliklarni kuzatib boruvchi va yangi materiallar bilan ishlay oladigan professionallarga talab hamisha kuchli", - dedi Poletayev.

Izohni to‘liq quyidagi radiopodkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Rossiya mehnat migrantlariga muhtoj — Poletayev