Putin MDH davlatlari uchun 2020-yilda eng jiddiy xatar nima bo‘lganini aytdi

Rossiya rahbari, shuningdek, joriy yil MDH davlatlari uchun oddiy kechmaganini, koronavirus pandemiyasi ularni fuqarolar sog‘lig‘i uchun barcha resurslarni ishga solishga majbur etganini ta’kidlab o‘tdi
Sputnik

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. MDHga a’zo davlatlar ishlariga aralashishga urinishlar 2020-yilning eng jiddiy xataridir, dedi RF prezidenti Vladimir Putin bugun MDH mamlakatlari rahbarlari sammitida.

"Bu yil biz duch kelgan yana bir jiddiy muammo - misli ko‘rilmagan xarakterga ega aralashuvga urinishlar, Hamdo‘stlikning ayrim davlatlarining ichki ishlariga chetdan aralashuvlar bo‘ldi. Hozir bu haqda to‘xtalib o‘tirmayman, hamkasblar bu mavzuda u yoki bu tarzda gapirdilar", - dedi Putin.

Rossiya rahbari, shuningdek, joriy yil MDH davlatlari uchun oddiy kechmaganini, koronavirus pandemiyasi ularni fuqarolar sog‘lig‘i uchun barcha resurslarni ishga solishga majbur etganini ta’kidlab o‘tdi.