YuNESKO miniatura san’atini nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritdi

Ta’kidlanishicha, miniatura san’atining YuNESKOning reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani uzoq tarixga ega va O‘zbekistonda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetgan ushbu san’at turining xalqaro e’tirofidir.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Miniatura san’ati YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

“Miniatura san’atining YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani uzoq tarixga ega va O‘zbekistonda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetgan ushbu san’at turining xalqaro e’tirofidir”, - deya yozgan u Facebook᾽dagi sahifasida.

YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi XV sessiyasida  Kamoliddin Behzod singari ko‘plab yorqin va taniqli rassomlar bilan o‘zbek miniatura maktabi ko‘p asrlar davomida dunyodagi eng kuchli va eng taniqli maktablardan biri bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

YuNESKO Farg‘onani dunyoning aholisi eng o‘qimishli shaharlar ro‘yxatiga kiritdi

Ushbu sessiyada nomoddiy madaniy merosning 42 milliy va ko‘p millatli elementi bo‘yicha nomzodlar ko‘rib chiqiladi.