TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Rossiya boshqa mamlakatlar bilan chegaralarini koronavirus bilan bog‘liq vaziyat imkon berishi bilanoq ochadi. Bu haqda mamlakat rahbari Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Shifokorlar ijozat berishi bilanoq, chegaralar darhol ochiladi. Mumkin bo‘lishi bilanoq, albatta, ochamiz”, - dedi Putin.
Rossiya 27-mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni to‘xtatib qo‘ygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveysariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar o‘zaro kelishuvga asosan tiklandi.