Migrantlar Morgenshternga qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida “dars o‘tdi”

Moskva shahridagi Altufyevo tumanida ishlaydigan dvorniklar rossiyalik reper Morgenshternning “Cadillac” qo‘shig‘iga remeyk klip tayyorlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Moskva shahridagi Altufyevo tumanida ishlaydigan dvorniklar rossiyalik reper Morgenshternning “Cadillac” qo‘shig‘iga remeyk klip tasvirga olishdi.

Ayni vaqtda klip ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalmoqda.

Rolikda migrantlar hashamatli avtomashinalar o‘rniga velosiped, arava va kuraklardan foydalanishgan.

Bu video ostida internet foydalanuvchilari ko‘plab ijobiy izohlar qoldirib, kommunal xizmat ko‘rsatish ishchilarining ijod namunasiga yuqori baho berishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada rossiyalik reper Alisher Morgenshtern Buxoro shahriga kelib, “Mercedes-Benz E 200” avtomashinasini buxorolik Azim Abdullayevga sovg‘a qilgandi.