TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani, Urganch va Xiva shaharlari hokimlari o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shavkat Yaxshibayev Bog‘ot tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.
Shu kungacha Bog‘ot tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Oybek Xolboyev Urganch shahar hokimi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Xiva shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Temur Davletov Xiva shahar hokimi etib tayinlandi.
Davletov Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.