O‘zbekiston va YeOII

Agar O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilsa, bu Qirg‘iziston uchun ham foydali bo‘ladi – Sazbakov

YeOII masalalari bo‘yicha Qirg‘iziston hukumatining maxsus vakili Almaz Sazbakov O‘zbekistonning ittifoqda kuzatuvchi maqomini olishi munosabati bilan Qirg‘iziston ichki biznesi nimalarga tayyorgarlik ko‘rish kerakligi borasida o‘z fikrlarini aytdi.
Sputnik

Sputnik Qirg‘iziston radiosi bilan o‘tkazgan suhbatda Sazbakov O‘zbekistonning YeOIIga ehtimoliy qo‘shilishi Qirg‘iziston uchun afzalliklar va xatarlar mavjudligini ta’kidladi.

O‘zbekiston YeOII ostonasida: respublikani nima kutmoqda va Tojikiston unga ergashadimi?

"Muayan segmentlarda O‘zbekiston bizga raqobatdosh, garchi nafaqat bizga, balki Qozog‘iston, Armaniston va Belarusga ham. Qo‘rquv – ish emas, ishlash kerak. Yangi bozorlar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rish kerak, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik bozor. Bu korxonalarimiz uchun imkoniyat, qo‘shni davlat Qirg‘izistondan ko‘p narsani import qiladi. Agar yagona, uyg‘unlashtirilgan hudud, yagona texnik reglament bo‘lsa, eksportga oid hozirda aniq bo‘lmagan ko‘plab masalalar hal qilinadi. Bu nafaqat janubda, balki shimoldagi ishlab chiqaruvchilar uchun signal. Bizning ko‘plab sut mahsulotlarimiz Qozog‘istonga ketadi va O‘zbekiston ham yaxshi bozor", - dedi Sazbakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston - kichik, ammo mobil davlat va uning ichki biznesi tezda yangi sharoitga moslashishi mumkin.