Gorbachov o‘z xatolarini qanday baholaydi

SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachov ishda, jumladan, kadrlar siyosatida xatoliklarga yo‘l qo‘yganini tushunadi. Ammo omma oldida chiqishlarda bu xususda ko‘p gapirishni yoqtirmaydi
Sputnik

TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Gorbachovning yordamchisi sobiq prezidentning o‘zi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklariga munosabati haqida gapirdi. RIA Novosti xabari asosida.

Sobiq prezidentga kafolatlar Gorbachevga joriy etilmaydi

SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachov ishda, jumladan, kadrlar siyosatida ham xatoliklarga yo‘l qo‘yganini tushunadi. Ammo omma oldida chiqishlarda kadrlarga doir qarorlari xususida ko‘p gapirishni yoqtirmaydi va o‘z sheriklariga nisbatan kek saqlamaydi, dedi Gorbachov-fondi matbuot-xizmati rahbari Pavel Palajchenko.

Palajchenko 1985-1991 yillarda sovet yetakchisi tarjimoni bo‘lib ishlagan.

Bu haqdagi savolgan Birinchi kanaldagi dasturlarning birida javob berar ekan, Palajchenko, Gorbachov ba’zi o‘zi noto‘g‘ri deb hisoblagan qarorlar haqida u bilan shaxsiy suhbatlarda yodga olganini aytadi.

Umid qilaman, Bayden AQSh-Rossiya o‘rtasidagi ishonchni tiklash muhimligini tushunadi - Gorbachov

 

"U, albatta, xatoliklar bo‘lganini, jumladan, kadrlar siyosatida xatolar bo‘lganini tushunadi. Uning kadrlar siyosatida yo‘l qo‘ygan xatoliklari xususida qanday fikrdaligi borasida kamroq gapirishni istardim. Birinchidan, u bu haqda jamoatchilik oldida gapirgan, kerak bo‘lsa, ba’zi odamlarga tavsif bergan. Ammo, ikkinchidan, bu haqda u xo‘b va ko‘p gapirishni yoqtirmaydi. Ba’zi odamlar singari hech kimga nisbatan kek saqlamaydi. Ba’zi sheriklari turli vaqtlarda uni tark etgan, ba’zilari sotib ketgan. Ammo bularga qaramay u bunga ancha bosiq yondashadi", - degan Palajchenko.

Putin sobiq SSSR mamlakatlari ishiga aralashish kerakmasligi haqida ogohlantirdi

Siyosiy qarorlarga keladigan bo‘lsak, Gorbachov Sovet ittifoqi detsentralizatsiyasi va islohotini ancha oldinroq amalga oshirish kerak edi, deb hisoblaydi, deya qo‘shimcha qilgan matbuot-xizmati rahbari. "U KPSSni ancha oldin isloh qilish kerak edi, deb hisoblaydi, KPSS esa o‘sha vaqtda isloh qilib bo‘lmaydigan edi, demak ketish kerak edi", - degan Palajchenko.

U 1991-yilning bahorida Gorbachov partiya plenumida iste’foga ketishi haqida e’lon qilganini eslatib o‘tdi. Bu voqea, partiya markaziy organlari rahbarlari, SK a’zolari uning "miyasini yuvgani" va "Siz amalga oshirayotgan barcha ishlar noto‘g‘ri" deb aytishganidan so‘ng ro‘y bergan.

"Shundan so‘ng plenum, bu masalani ko‘rib chiqishdan voz kechdi. Uning oldiga kelishdi, qaytishni iltimos qilishdi. Mana u - o‘shanda qaytmaslik kerak edi, deydi. Buni ham o‘z xatosi deya hisoblaydi", - dedi Palajchenko.

Shuningdek, Gorbachov iqtisodiy siyosatni ham esga olgan. "Uning so‘zlariga ko‘ra, bizda pul massasi, jumladan, odamlar yengil sanoat tovarlari, undan keyin oziq-ovqat mahsulotlari uchun ulkan navbatga turganlarida ehtimol barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar qilish kerak edi. Haqiqatan ham buni amalga oshirish mumkin edi - ushbu tovarlarni sotib olib, ularni bozorga chiqarish - bu jamoatchilik o‘rtasidagi ziddiyatlarni yumshatishi mumkin edi", - deya qo‘shimcha qildi sobiq Sovet yetakchisi tarjimoni.

Belovej til biriktiruvi: buzishni bilib, qurishni bilmasligimiz haqida

Gorbachev-fondi matbuot-xizmati rahbarining ta’kidlashicha, sobiq SSSR prezidenti Belovej bitimi imzolanguniga qadar, ya’ni to oxirigacha ittifoqni qandaydir bo‘lsa ham shaklda saqlab qolishga uringan.

"Shunday voqealardan keyin Ittifoqni faqatgina kuch ishlatish yo‘li bilan saqlab qolish mumkin edi, ammo qanday tarzda, bunisi noma’lum. Bu yerda nafaqat o‘sha vaqtda mamlakatda eng mashhur siyosatchi bo‘lgan Yelsinga, balki Belovej kelishuvini tasdiqlagan sovet respublikalari oliy kengashlariga ham qarshi chiqish kerak edi", - deya aniqlik kiritadi Palajchenko.

Davlat boshida turgan siyosatchi mamlakatda yuz berayotgan har qanday holat uchun javobgarlikni olib boradi, deya tan oladi Palajchenko. Ammo bu yerda Gorbachev Sovet ittifoqini saqlab qolishga harakat qilgani, "va bu urinishlarni siyosiy vositalar orqali amalga oshirishga uringanini" yodda tutmoq kerak, deya davom etdi matbuot-xizmati rahbari. "Biz Gorbachevga, va barcha bo‘lib o‘tgan voqealarda uning javobgarligi borasida gapirayotganimizda mana shularni nazarda tutish juda muhim, nao‘arimda", - deb hisoblaydi u.